R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə275/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

 
 


431 
Bosh buxgalterning lavozim yo‘riqnomasi(namuna) 
 
1.
Bosh buxgalter korxona mutaxassislari toifasiga kirib, rahbar tomonidan 
ishga qabul qilinadi va bo‘shatiladi, direksiya tarkibiga kiradi. 
2.
Bosh buxgalter lavozimiga maxsus oliy ma’lumotli (iqtisodiy, moliya-
iqtisod) va rahbar lavozimlarda moliya-iqtisod bo‘yicha kamida 5 yil stajga 
ega (professional buxgalter malaka attestatiga ega bo‘lgan) shaxs 
tayinlanadi. 
Istisno holatlarida bosh buxgalter majburiyatlarini bajarish uchun maxsus 
oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, lekin mutaxassislik bo‘yicha ish staji va 
yetarli darajadagi amaliy ish tajribasi bo‘lgan shaxs tayinlanishi mumkin.
3.
Bosh buxgalter bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi. 
4.
Bosh buxgalter o‘z ishida O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi 
to‘g‘risida»gi Qonuni, Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlari (BHMS) va 
belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qiladi va 
ulardagi buxgalteriya hisobini yuritishning umummetodologik tamoyillariga 
rioya qilinishi uchun mas’ul hisoblanadi.
5.
Bosh buxgalterni tayinlash va bo‘shatish vaqtida ishlarni qabul qilish va 
topshirish buxgalteriya hisobi va hisobotining ahvoli tekshirilganidan so‘ng 
ta’sischilar tayinlagan taftish komissiyasi yoki mustaqil auditorlik firmasi 
tomonidan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Bosh buxgalter ishda bo‘lmagan (ta’til, kasallik) vaqtlarida huquq va 
majburiyatlar o‘rinbosarga o‘tkaziladi, o‘rinbosar bo‘lmagan hollarda boshqa 
shaxsga yuklanib, bu haqda korxona rahbarining buyrug‘i chiqariladi.
Majburiyatlari
Korxona bosh buxgalteri quyidagilarni ta’minlashi lozim: 
1.
buxgalteriya hisobini O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi 
to‘g‘risida»gi Qonuni, Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlari (BHMS) va 
belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq 
yuritadi; 
2.
korxona maqsadi va vazifalariga mos keladigan buxgalteriya hisobi 
axborotlarini ta’minlaydigan hisob siyosatini shakllantirish; 
3.
kirim qilinadigan pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklar, asosiy vositalar 
va ishlab chiqarish xarajatlarini to‘liq hisobga olish hamda moliya-xo‘jalik 
faoliyati natijalarini hisobda to‘g‘ri aks ettirish; 
4.
soliqlar va to‘lovlarni to‘liq va o‘z vaqtida o‘tkazish, ssudalar bo‘yicha 
qarzlarni so‘ndirish; 
5.
mulklar va majburiyatlar harakatini nazorat qilish; 


432 
6.
korxona moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida hisobotlarni tuzish va tezkor 
axborotlarni taqdim etish; 
7.
korxonaning boshqa ma’muriy bo‘linmalari bilan birgalikda ichki xo‘jalik 
rezervlarini aniqlash va safarbar etish maqsadida moliya-xo‘jalik faoliyatini 
tahlil qilish; 
8.
rezervlarning haqiqatda ishlatilishini baholash.
Bosh buxgalter o‘zining buxgalteriya hisobi sohasidagi bilimlarini 
doimiy ravishda yangilab borishi lozim.
 
Huquqlari 
1.
Bosh buxgalterga tovar-moddiy boyliklarni va pul mablag‘larini qabul 
qilish va berish hamda hisob-kitob, kredit va majburiyatlari uchun asos 
bo‘ladigan hujjatlarni imzolash (korxona rahbari bilan birga) huquqi beriladi. 
Ushbu hujjatlar bosh buxgalter imzosi bo‘lmasa, haqiqiy hisoblanmaydi va 
ijro uchun qabul qilinmaydi. 
2.
Moddiy javobgar shaxslarning (kassirlar, ombor mudirlari va b.) ishga 
qabul qilish, bo‘shatish va lavozimini o‘zgartirish bosh buxgalter bilan 
kelishilishi maqsadga muvofiq. 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin