R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə286/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

Dr. Skott
(1887–1954) – amerikalik sotsiolog, hisobchilik 
vazifasini mulkdorlar (eng avvalo, aktual va potensial 
aksiyadorlar) manfaatlarini himoyalash va korxonada band 
bo‘lgan shaxslar faoliyatini nazorat qilish deb bilgan. U balans 
xo‘jalik faoliyatining sababi, moliyaviy natija to‘g‘risidagi 
hisobot esa oqibati, chunki kapital foyda keltiradi, aksincha 
emas deb hisoblagan. Balans passivi – bu kapital aktivi, mol-
mulklar ro‘yxati; mol-mulklar ularga qancha pul to‘langan 
bo‘lsa, shuncha qiymatga ega. Skott hisobchilikning milliy 
standartlarini ishlab chiqishga turtki bo‘lgan to‘rtta postu-
lat(faraz) yaratgan (haqiqiylik, hissiyotga berilmaslik, mosla-
shish va izchillik). U soliq foyda(oqibat)dan emas, kapital 
(sabab)dan olinishi mumkin deb hisoblagan. 


446 
baholashda ehtiyotkorlik (konservatizm) prinspining zarurligini asoslagan
buxgalteriya muomalalarini standartlashtirish va audit o‘tkazishda hisobotda 
taqdim etiladigan va auditor tomonidan tekshiriladigan ma’lumotlar haqiqiy 
holatni yetarli darajada aks ettirishi lozimligini ta’kidlagan. U birinchi bo‘lib 
hisob kasbi egalarining professional axloq kodeksini ishlab chiqishni taklif 
etgan. 
17.6. Rossiya maktabi 
Rossiyada 
hisob 
Yevropa 
buxgalteriya 
maktabining 
ta’sirida 
shakllangan. 
Nikolay Aleksandrovich Blatov (1875–1942) – rus-sovet buxgalteri, 
ikkiyoqlama yozuvlarni ayirboshlash qonuni asosida obyektiv talqin etish 
tarafdori, bu yondashuvni asoslovchi maxsus model ixtirochisi. U balanslar 
va buxgalteriya schotlarini to‘laroq tasniflagan. Shuningdek, xronologik 
yozuv (jurnal) sistematik yozuv (Bosh daftar)ga va analitik hisob sintetik 
hisobga qaraganda muhimroq degan fikrni asoslagan. Buxgalteriya 
hisobining asosi schotlar tizimidan iborat, balans inventar ro‘yxatlarga emas, 
balki schotlar tizimiga asoslanadi deb hisoblagan.
Erik Karlovich Gilde (1904–1983) – rus buxgalteri, modellash-tirishni 
xo‘jalik faoliyatini bayon qilish vositasi sifatida o‘rgangan, xarajatlar hisobi 
va haqiqiy tannarx kalkulatsiyasi vazifalari o‘rtasidagi prinspial farqlarni 
hamda keyingisining shartli tavsifga ega ekanligini ko‘rsatgan va uni amalda 
qo‘llashdan voz kechish haqida xulosa qilgan. Gilde barcha hisob 
obyektlarining axborot oqimlari bilan kirish-chiqish sxemasi bo‘yicha 
bog‘liqligini ko‘rsatgan va buxgalteriya hisobini butun korxona boshqaruv 
tizimining asosiy vositasi sifatida o‘rgangan. 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin