468
doirasida, ya’ni yakka xo‘jalikda yuritilganida) buxgalteriya hisobi axborot
tizimiga korxonaning ishlab chiqarish vositalari bilan bir qatorda korxona
mulkdorlarining shaxsiy mol-mulklari (kreditorlarning talablari shaxsiy
foydalanishda bo‘lgan mulklarga ham qaratilgan) ham kiritilgan. J.Savari
mulkdor tomonidan kiritilgan korxona mol-mulklari haqida ma’lumotlarni
jamlaydigan inventar balans bilan mulkdorning
shaxsiy mulklari haqida
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan konkurs (tanlov) balansi o‘rtasida farqni
aniqlashtirgan. J.Savari inventar balansga ustuvorlik bergan holda
korxonalar mustaqilligi (korxonalarning ajratilganligi) printsipini oldindan
aytib bergan deyishimiz mumkin.
1549 yilda V.Shveyner buxgalteriya hisobida dastlabki hujjatlarning
o‘rnini aniq belgilab bergan. U tomonidan “hujjatsiz yozuv yo‘q” degan
qoida shakllantirilgan. Frantsuz maktabi vakillari italiya maktabi
g‘oyalarini rivojlantirgan holda xotira kitobini yuritish zarurligini shubha
ostiga olishgan
43
[11. S.101]. M.van Damm (1606 yil) barcha buxgalteriya
yozuvlari uchun yagona asos sifatida uni
dastlabki hujjatlar bilan
almashtirish fikrini qat’iy talab qilgan. Bu zamonaviy buxgalteriya
hisobining shakllanishining uzoq tarixiy taraqqiyoti yo‘lidagi muhim
bosqichdir.
J.P.Savarining xizmati shunda-ki, aynan u 1673 yilda dastlabki
hujjatlarning isbotlovchi (sud muhokamalarida ularni tan olinish) kuchiga
egaligini kiritgan.
Shuningdek, zamonaviy buxgalteriya
hisobining inventarizatsiya,
hisobot kabi uslubiy elementlarini shakllantirishda ham J.Savarining
xizmati katta bo‘lgan.
J.Savari inventarizatsiyaning maqomini ko‘tardi (mulkdor mol-
mulklari saqlanishini ta’minlash va ular to‘g‘risida axborotlarni
shakllantirish), buxgalteriya hisobotlarini qonuniylashtirgan va ularni
tuzish majburiyligini kiritgan.
L.Pacholi davrida schyotlar buxgalterlik kuzatishning elementar
(oddiy) ob’ektlariga (ombordagi zaxiralar assortimenti,
turli valyuta
mablag‘lari va shu kabilar) ochilar edi. 1531 yilda Iogann Gotlib
schyotlardagi ob’ektlarni yiriklashtirish zarurligini ko‘rsatdi. J.Savari
buxgalteriya hisobi schyotlarining ikki pog‘onasini asoslagan:
birinchi pog‘ona schyotlari
– gorizontal bog‘lanishlarda (schyotlar
korrespondentsiyasida) ishtirok eluvchi sintetik schyotlar;
ikkinchi pog‘ona schyotlari
– sintetik schyotlar ko‘rsatkichlarini
aniqlashtirish (taxlil qilish) uchun foydalaniladigan va o‘zlari
43
Соколов Я.В.
Бухгалтерский учет: от истоков до наших дней. - М.: Аудит, ЮНИТИ, 1996.
469
aniqlashtiradigan sintetik schyotlar bilan vertikal bog‘lanishda
ishtirok
etuvchi analitik schyotlar.
J.Savari buxgalteriya hisobi registrlarini ishlab chiqishda ham
ishtirok etgan. L.Pacholining ikki yoqlama yozuv postulat
44
idagi g‘oyalar
o‘rin olgan oborot vedomosti ham J.Savarining ijodigi bog‘liq.
J.Savari ishlarida asosiy maqsadi moliyaviy natijani aniqlash bo‘lgan
dinamik buxgalteriya hisobi elementlari ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: