18.4. Dinamik buxgalteriya hisobi
Qadimgi italyan patrimonal buxgalteriyaning ishonchli natijalarni
hisoblashdagi cheklanishlar mavjudligi sababli statik buxgalteriya hisobi
vujudga kelgan. Statik buxgalteriya hisobining ajdodi foyda suzish (dengiz
safari) oxirida (korxona yopilganida) aniqlanadigan va taqsimlanadigan
Rim huquqi qonunlari ruhiyatiga muvofiq keluvchi venetsiya dengizchilari
buxgalteriya modeli hisoblanadi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha
45
[1. –
S. 66], dinamik buxgalteriya hisobi florentsiya modeli asosida vujudga
kelgan. XIV va XVasrda Florentsiyada xalq xo‘jaligining muhim tarmog‘i
tekstil sanoati hisoblangan. Dengiz savdosidan farqli o‘laroq,
manifaktura(fabrika)lar doimiy ravishda faoliyat yuritgan va tanaffus
tsikliga ega emas hamda likvidatsion balans tuzishga harakat qilmagan.
Ushbu holatlar statik buxgalteriya balansidan farq qiluvchi buxgalteriya
hisobi uslubining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratgan. Statik
buxgalteriya hisobi vakillari mumkin bo‘lgan bankrotlikni tahlil qilishgan
bo‘lsa, yangi yo‘nalish vakillari o‘zlarining bankrotligini tahlil qilmasdan,
unchalik katta bo‘lmagan vaqt oralig‘idan keyin aniqlanishi kerak bo‘lgan
foydani ko‘paytirish va o‘lchash haqida qayg‘urishgan. Bu ularni kapital
metamorfozasi
46
ustidan doimiy kuzatish yo‘lidan borishga va foydani
hisobot davridagi tushumlarni ushbu tushumlarni olish bilan bog‘liq
bo‘lgan xarajatlar bilan taqqoslagan (solishtirgan) holda o‘lchashga
(hisoblashga) majbur qilgan.
Aynan, XVIII asrda sanoat inqilobi paytida tikuvchilik ishlab
chiqarishida (Manchesterdagi Charlton Maylsning paxtani yigiruv
fabrikasida) “tayyor va tugallanmagan mahsulotlar zaxirasining joriy
hisobi, ................... kalkulyatsiya (poperedelnoy kalkulyatsii) va shu
kabilar bilan o‘zining zamonaviyligi bilan hayratlantiruvchi buxgalteriya
44
Постулат – исботсиз ҳам қабул қилинадиган дастлабки қоида, фараз
45
Ришар Ж.
Бухгалтерский учет: теория и практика. - М.: Финансы и статис¬ тика, 2000.
46
Метаморфоза – ривожланиш натижасида бошқа кўринишга ўтиш
470
tizimining qo‘llanilishi” namunalari paydo bo‘ldi
47
[1. –s.67].
A.belkou “XVII asrda Vest-ind kompaniyasidan boshlanib,
korporatsiyalar rivojlanishi bilan yakunlangan sanoat inqilobi natijasida
uzluksizlik, davriylik va hisoblash tamoyillariga asoslangan xarajatlarni
hisobga olish zaruriyati bilan bog‘langan holda buxgalteriya hisobi
o‘zining huquqiy holatini (statusini) mustahkamladi” deya ta’kidlaydi
48
[12. –S.4].
J.Risharning guvohlik berishicha [1. –S.83], bir qator frantsuz
mualliflari, eng avvalo, Edmon Defanj (1795 yil) o‘z asarlarida kapital
qiymatining turli xil faza 9davr)lardagi harakatini batafsil bayon qilishgan.
Dinamik yo‘nalish buxgalteri istalgan vaqtda pul ko‘rinishida kapital (D)
xom-ashyo va uskunalarga, keyinchalik ishlab chiqarish jarayoni (P)
ta’sirida – tovarga (G) (tugallangan yoki tugallanmagan mahsulot), nihoyat
debitorlik qarzi va pul mablag‘lari (D
1
) (realizatsiyadan keyin) aylanishini
ko‘rishni istaydi.
Uchta bosqichga (I – ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish; II –
mahsulotni tayyorlash uchun mablag‘(vosita)larni sarflash; III – tayyor
mahsulotni realizatsiya qilish) ajratilgan mahsulotni yaratish hayotiy
tsiklini sanoat kapitalining doiraviy aylanish formulasi bilan tavsiflash
(ifodalash) mumkin:
(8)
Korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik va moliyaviy faoliyatining, bir
tomondan vujudga keladigan xarajatlari bilan aniq qiymatliklar (pul
mablag‘lari, mehnat predmetlari – xom-ashyo va materiallar, mehnat
vositalari – asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, talab qilish huquqi –
debitor qarzlar va boshqalar), ikkinchi tomondan qiymatliklar vujudga
kelish manbalari – xususiy kapital (investitsiya qilingan va qayta
investitsiya qilingan), jalb qilingan (qarz majburiyatlari) kapital va olingan
daromadlar ko‘rinishida aks ettirilgan dinamik modelini buxgalteriya
hisobi nuqtai-nazariyadan ko‘rib chiqamiz (3-rasm).
Statik buxgalteriya hisobi amaliyoti, keyinchalik vujudga kelgan
statik balans nazariyasi ham kapital tushunchasini yetarlicha e’tibor
qaratmagan. Aktivlarning sof qiymatini aniqlash uzoq vaqt davomida kirib
kelgan yoki yaqinlashayotgan bankrotlikni aniqlash maqsadini nazarda
tutgan. Keyinchalik aktivlarning sof qiymatini moliyaviy natijalarni
47
Ришар Ж.
Бухгалтерский учет: теория и практика. - М.: Финансы и статис¬ тика, 2000.
48
Ahmed Riahi-Belkaoui. Accounting Theory: 4
th
Edition. 2000 Thomson Learning.
471
aniqlashda (hisobot davri oxiri va boshidagi aktivlarning sof qiymatini
taqqoslash) foydalanila boshlangan.
Permanent inventarizatsiya usuli (xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘lgan
barcha faktlarni dastlabki hujjatlarda qayd qilish va buxgalteriya
schyotlarida aks ettirish) bilan sanoat kapitali doiraviy aylanishini
o‘rganishga asoslangan buxgalteriya hisobini yuritishning dinamik
amaliyotigina boshlang‘ich (dastlabki) pul mablag‘larini ushbu doiraviy
aylanishning boshlanish payti deya tan olgan.
Statik buxgalteriya hisobi amaliyotidan real dinamik buxgalteriya
hisobiga o‘tish, birinchi navbatda mulkdor kapitalini balansda ikki
yoqlama: bir tomondan investitsiya qilingan xarid qobiliyati (xo‘jalik
faoliyatining dastlabki manbasi), boshqa tomondan, aniq mulkiy
ob’ektlari, odatda pul ko‘rinishida aks ettirishni talab qildi.
Kapitalni sharh(interpretatsiya)lashning zamonaviy kontseptsiyalari
ikkita kontseptsiyaga asoslanadi: moliyaviy va moddiy. Moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlari(MHXS)ga muvofiq kapitalning moliyaviy
kontseptsiyasida kapital investitsiya qilingan pul mablag‘lari yoki
investitsiya qilingan xarid qobiliyati sifatida ko‘riladi va sof aktivlar
tushunchasining sinonimi sifatida qabul qilinadi, ya’ni:
Mulkdor aktivi = Aktiv – Qarz majburiyatlari, (2.9)
Operatsion qobiliyat ko‘zda tutiladigan kapitalning moddiy
kontseptsiyasida kapital deganda kompaniyaning ishlab chiqarish quvvati
(misol uchun bir kunda ishlab chiqariladigan mahsulotga asoslangan)
tushuniladi. Ko‘pchilik kompaniyalarda o‘zlarining moliyaviy hisobotini
tuzish uchun kapitalning moliyaviy kontseptsiyasini qabul qilganlar.
|