R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə308/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148271
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   338
Buxgalteriya hisobi nazariyasi.

Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari (IAS) va moliyaviy 
hisobotning xalqaro standartlari (IFRS)
49
 
19.2-jadval
 

BHXS (IAS) 
va MHXS 
(IFRS) 
raqamlari
Standartlarning nomi
Kuchga kirish 
sanasi




1 BHXS(IAS) 
№1 
Moliyaviy hisobotni taqdim qilish 
1-yanvar
2009-y . 
2 BHXS(IAS) 
№2 
Zaxiralar 
1-yanvar
2005-y. 
3 BHXS(IAS) 
№7 
Pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot 
1-yanvar
1994-y . 
4 BHXS(IAS) 
№8 
Hisob 
siyosati, 
buxgalteriya 
hisob-kitob 
baholashlaridagi o‘zgarishlar va xatolar 
1-yanvar
2005-y. 
5 BHXS(IAS) 
№10 
Hisobot sanasidan keyingi o‘zgarishlar 
1-yanvar
2005-y. 
6 BHXS(IAS) 
№11 
Qurilishga oid shartnomalar 
1-yanvar
1995-y. 
7 BHXS(IAS) 
№12 
Foyda solig‘i 
1-yanvar
1998-y. 
8 BHXS(IAS) 
№16 
Asosiy vositalar 
1-yanvar
2005-y. 
9 BHXS(IAS) 
№17 
Ijara
1-yanvar
2005-y. 
10 BHXS(IAS) 
№18 
Tushum
1-yanvar
1995-y. 
11 BHXS(IAS) 
№19 
Xodimlarni rag‘batlantirish 
1-yanvar
1999-y. 
12 BHXS(IAS) 
№20 
Davlat subsidiyalari hisobi va davlat yordami 
to‘g‘risidagi axborotlarni yori-tish 
1-yanvar
1984-y. 
13 BHXS(IAS) 
№21 
Valuta kurslari o‘zgarishlarining ta’siri 
1-yanvar
2005-y. 
14 BHXS(IAS) 
№23 
Qarzlar bo‘yicha xarajatlar 
1-yanvar
2009-y. 
15 BHXS(IAS) 
№24 
Bog‘liq tomonlar to‘g‘risidagi axborotlarni 
yoritish 
1-yanvar
2011-y. 
16 BHXS(IAS) 
№26 
Pensiya ta’minoti (pensiya rejasi) dasturlari 
bo‘yicha hisob va hisobot
1-yanvar
1988-y. 
17 BHXS(IAS) Konsolidatsiyalangan va alohida moliyaviy 
1-yanvar
49
Международные стандарты финансовой отчетности ,
2011: издание на русском языке. М.: Аскери –
АССА, 2011. -998 с. 


490 
№27 
hisobot 
2005-y. 
18 BHXS(IAS) 
№28 
Uyushgan korxonalarga investitsiyalar
1-yanvar
2005-y. 
19 BHXS(IAS) 
№29 
Giperinflatsiya sharoitida moliyaviy hisobot 
1-yanvar
1990-y. 
20 BHXS(IAS) 
№31 
Birgalikdagi faoliyatda ishtirok etish 
1-yanvar
2005-y. 
21 BHXS(IAS) 
№32 
Moliyaviy instrumentlar – axborotlarni taqdim 
etish 
1-yanvar
2005-y. 
22 BHXS(IAS) 
№33 
Bir aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda 
1-yanvar
2005-y. 
23 BHXS(IAS) 
№34 
Oraliq moliyaviy hisobot 
1-yanvar
1999-y. 
24 BHXS(IAS) 
№36 
Aktivlarning qadrsizlanishi 
31-mart
2004-y. 
25 BHXS(IAS) 
№37 
Baholangan 
majburiyatlar, 
shartli 
maj-
buriyatlar va shartli aktivlar 
1-iyul
1999-y. 
26 BHXS(IAS) 
№38 
Nomoddiy aktivlar 
31-mart
2004-y. 
27 BHXS(IAS) 
№39 
Moliyaviy instrumentlar: tan olish va baholash 
1-yanvar 
2005-y. 
28 BHXS(IAS) 
№40 
Investitsion mulk 
1-yanvar
2005-y. 
29 BHXS(IAS) 
№41 
Qishloq xo‘jaligi 
1-yanvar
2003-y. 
30 MHXS(IFRS) 
№1 
Moliyaviy 
hisobot 
xalqaro 
standartlarini 
dastlab qabul qilish 
1-iyul
2009-y 
31 MHXS(IFRS) 
№2 
Ulushli 
instrumentlar 
asosida 
amalga 
oshiriladigan to‘lovlar 
1-yanvar
2005-y. 
32 MHXS(IFRS) 
№3 
Korxonalarni birlashtirish 
1-iyul
2009-y. 
33 MHXS(IFRS) 
№4 
Sug‘urta shartnomalari 
1-yanvar
2005-y. 
34 MHXS(IFRS) 
№5 
Sotish uchun mo‘ljallangan uzoq muddatli 
aktivlar va to‘xtatilgan faoliyat 
1-yanvar
2005-y. 
35 MHXS(IFRS) 
№6 
Mineral resurslarni qidirish va baholash 
1-yanvar
2006-y. 
36 MHXS(IFRS) 
№7 
Moliyaviy instrumentlar – yoritish 
1-yanvar
2007-y. 
37 MHXS(IFRS) 
№8 
Operatsion segmentlar 
1-yanvar
2009-y. 


491 
Yevropa iqtisodiy hamjamiyati tajribalari ko‘rsatishicha, hozirgi 
paytda xo‘jalik qonunchiligini, jumladan hisob tizimini ham unifi-
katsiyalash ishlari olib borilmoqda. Xalqaro standartlarni joriy qilish 
uzoq davom etadigan va murakkab jarayondir. Hozirgi vaqtgacha 
chiqarilgan barcha moliyaviy hisobot xalqaro standartlari yagona tizimni 
tashkil etib, bir-birlari bilan o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Chunonchi, 
yuqorida qayd qilingan №5-«Moliyaviy hisobotlarni ochish uchun zarur 
axborotlar» degan standartda axborotlarning alohida bloklarini boshqa 
xalqaro standartlarga mos ravishda ochish zaruriyati ko‘rsatiladi. 
Hisobning alohida yo‘nalishlariga bag‘ishlangan xalqaro standartlarni 
yaratish jarayonida buxgalteriya hisobining umumiy tizimi tako-
millashadi. Biron-bir standartni qo‘llash ushbu tizimning boshqa 
qismlaridan ham foydalanishni taqozo qiladi. Eng birinchi standart hisob 
har qanday buxgalteriya hisobi tizimining asosi – hisob siyosatini 
yoritishga bag‘ishlangan. Standartlar dunyodagi hozirgi iqtisodiy 
vaziyatni ham aks ettiradi. Chunonchi, so‘nggi № 29 MHXS 
«Giper-
inflatsiya sharoitida moliyaviy hisobot» 
deb nomlangan. Bu standart 
inflatsiya sur’ati yuqori darajada bo‘ladigan mamlakatlardagi korxonalar 
faoliyatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan. Ushbu standart ham 
milliy buxgalteriya standartlari tarkibidagi boshqa standartlar kabi uchta 
qismdan iborat: 
kirish, tushuntirish va asosiy matn 
qismi. Kirish qismida 
ko‘rsatilishicha, agar korxonaning moliyaviy holati va faoliyat 
natijalarini baholashga inflatsiya ta’siri hisobga olinmasa, inflatsiya 
sur’atlari yuqori bo‘lgan sharoitda faoliyat qilayotgan korxonalarning 
moliyaviy hisoboti noto‘g‘ri axborot beradi. Standartda moliyaviy 
hisobot ma’lumotlari qayta baholanadigan aniq inflatsiya darajasi 
belgilab berilmagan. Bu to‘g‘rida korxona rahbariyati qaror qabul qilishi 
lozim. Standartda giperinflatsiyaning quyidagi belgilari ko‘rsatilgan: 
­
mamlakat aholisi o‘zlarining mablag‘larini moddiy buyumlash-
gan shaklda yoki nisbatan barqaror chet el valutasiga aylantirib 
saqlashni afzal ko‘radi; 
­
oldi-sotdi munosabatlari (ayrim hollarda baho ham) milliy 
valutada emas, balki nisbatan barqaror chet el valutasida ifodalanadi; 
­
kredit berish muddatlari katta bo‘lmagan hollarda ham kredit 
berish bo‘yicha hisob-kitoblar pul xarid layoqatining pasayishini 
hisobga olgan holda amalga oshiriladi; 
­
foiz stavkalari, ish haqi va baholar baho indeksining o‘zgarishi 
bilan bog‘liq; 


492 
­
uch yillik jami inflatsiya darajasi 100 foizga yetgan yoki undan 
ham oshib ketgan. 
Shunday qilib, kirish qismida ushbu standartning maqsadi bayon 
qilingan: 
­
giperinflatsiya sharoitida moliyaviy hisobot sifatini yaxshilash 
ko‘rsatilgan; 
­
ushbu maqsadga erishish usuli sifatida moliyaviy hisobot 
ma’lumotlarini qayta baholash aniqlangan; 
­
ushbu standartni qo‘llash mezonlari ko‘rsatilgan, standartda 
inflatsiyaning qabul qilingan ta’rifi berilgan, lekin standartni qo‘llash 
to‘g‘risida korxona faoliyatidagi muayyan sharoitlardan kelib chiqqan 
holda rahbariyat tomonidan qaror qabul qilinadi. Ko‘pchilik standart-
larning kirish qismida ularda ishlatiladigan atamalarning ta’rifi ham 
keltirilib, ushbu tushunchalarning mazmuni aniq bayon qilinadi va 
standartni tarjima qilishda turlicha talqin qilishlarning oldi olinadi. 
Standartning ikkinchi, 
tushuntirish qismi
da undagi bayon qilingan 
masalalarga kengroq va batafsilroq izoh beriladi. Bundan tashqari, agar 
o‘rganilayotgan standartga dunyo tajribasida bir necha xil yonda-
shuvlardan foydalanilsa, ushbu barcha yondashuvlar bayon qilinadi, har 
birining afzalligi va kamchiligi o‘rganiladi va nima uchun unda u yoki 
bu variant (yondashuv) qabul qilinganligi tushuntiriladi. Ushbu 
standartga muvofiq uning maqsadini amalga oshirish uchun balans 
sanasiga moliyaviy hisobotning ayrim ko‘rsatkichlarini qayta baholash 
zarur. Qayta baholash imkoni boricha doimiy ravishda amalga oshirilishi 
lozim. 
Tushuntirishda hisobotning ayrim ko‘rsatkichlarini qayta baholash 
bayon qilinadi. Moliyaviy hisobotlar dastlabki yoki joriy qiymat 
ko‘rsatkichlariga asosan tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Balans va 
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning moddalarini qayta baholash 
bu holatlarning har biri uchun amalga oshiriladi. Ta’kidlanadiki, giper-
inflatsiya sharoitida hisobot moddalari joriy pul birliklarida ifodalanishi 
lozim va umumiy baho indeksidan foydalanib qayta baholanadi. 
Giperinflatsiya 
sharoitida 
faoliyat 
ko‘rsatayotgan 
korxona 
moliyaviy holatining o‘zgarishi haqidagi hisobot oborot kapitali orqali 
emas, balki pul yoki ekvivalent ifodasida taqdim qilinishi lozim. 
Taqqoslash uchun e’lon qilinadigan o‘tgan davrlardagi barcha 
ma’lumotlar ham umumiy baho indeksidan foydalanib qayta baholanishi 
lozim. Inflatsiya darajasi yuqori bo‘lgan mamlakat valutasida tuzilgan 
konsolidatsion (umumlashgan) moliyaviy hisobot, ya’ni filiallar hisoboti 


493 
ham umumiy baho indeksidan foydalanib qayta baholanadi. Hisobotni 
bir valutadan ikkinchisiga o‘tkazish hisobot tuzilgan sanadagi valuta 
kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. 
O‘rganilayotgan №29 MHXS 
«Giperinflatsiya sharoitida moli-
yaviy hisobot» 
standarti boshqa standartlar bilan chambarchas bog‘-
liqdir. Masalan, 
№12-«Foyda solig‘i»
standarti bilan, chunki mazkur 
standartga muvofiq moliyaviy hisobotlarni qayta baholash balans 
foydasi va soliqqa tortiladigan daromad o‘rtasidagi farqning o‘sishiga 
olib kelishi mumkin, bu farq esa №12 standartga muvofiq hisobga 
olinishi lozim. O‘rganilayotgan standartda №21- «
Valuta kurslari 
o‘zgarishlarining ta’siri
», 
№5-» Moliyaviy instrumentlar – yoritish»
va 
boshqa MHXSlarga tayanadigan vaziyatlar mavjud. 
O‘rganilayotgan № 29 MHXS 43 ta banddan iborat bo‘lib, ularning 
4 tasi kirishga, 34 tasi standartni tushuntirishga to‘g‘ri keladi va faqat 5 
bandigina standartning o‘zi bo‘lib hisoblanadi. Standartda undan foyda-
lanishning to‘xtalish shartlari-inflatsiya pasayib, iqtisodiyot giper-
inflatsion iqtisodiyot bo‘lmagan holatlar ham berilgan. Standart 1990-yil 
1-yanvardan kuchga kirgan. 
Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti – bu bir butun, 
harakatchan va rivojlanayotgan buxgalteriya tizimi bo‘lib, u har xil 
sharoitlarda ham qo‘llanilishi mumkin. Moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlarini turli xil milliy hisoblar tizimi bilan birgalikda, ya’ni ko‘p 
millatli korxonalarda qo‘llash alohida ahamiyat kasb etadi va samarali 
bo‘ladi. 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin