189
fakturalar, to‘lov vedomostlari va boshqalar kiradi. Bu hujjatlar asosida
xo‘jalik muomalalari schotlarda aks ettiriladi.
Buxgalteriyada rasmiylashtiriladigan hujjatlar
deb,
korxonada
sodir bo‘layotgan xo‘jalik muomalasini amalga oshirishga asos bo‘la
olmaydigan, lekin buxgalteriya xodimlari tomonidan buxgalteriya hisobi
registrlariga yozish uchun tuzilgan ayrim hisob-kitob va ma’lumot-
nomalarga aytiladi.
Bularga umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash vedomosti,
asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash vedomosti va boshqa
buxgalteriya xodimlari tomonidan tuzilgan rasmiylashtirish hujjatlari
kiradi.
Uyg‘unlashtirilgan hujjatlar
deb
farmoyish va isbotlovchi
hujjatlarning xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan hujjatlarga
aytiladi. Bularga nakladnoylar, yem-xashak sarflash vedomostlari, kassa
kirim va chiqim orderlari va boshqa hujjatlar kiradi.
Uyg‘unlashtirilgan hujjatlarga xo‘jalik muomalasining sodir
bo‘lganligini isbotlovchi va uni schotlarda aks ettirish tartibini
ko‘rsatuvchi hujjatlar ham kiradi. Masalan, bo‘nak (avans) hisobotida,
birinchidan, qilingan sarflar ularni isbotlovchi
hujjatlarga asoslangan
holda ko‘rsatilsa, ikkinchidan, mazkur sarflar qaysi schotlarda aks
ettirilishi ko‘rsatiladi. Uyg‘unlashtirilgan hujjatlar farmoyish, isbotlov-
chi va buxgalteriyada rasmiylashtirish funksiyalarini bajarganligi sababli
yozuvlar soni kamayadi va hujjatlarga buxgalteriyada
ishlov berish
osonlashadi.
Dostları ilə paylaş: