R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


Hisob yozuvlari qatorlarining soniga ko‘ra



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

Hisob yozuvlari qatorlarining soniga ko‘ra
hujjatlar bir qatorli 
(materiallarni olish uchun talabnoma, kassa chiqim orderi) yoki ko‘p 
qatorli (limit-zabor kartasi, hisoblashuv-to‘lov vedomosti, to‘lov 
vedomosti va h. k.) bo‘lishlari mumkin. 
Bir qatorli hujjatlar tor ixtisoslashgan tavsifga ega bo‘lib bir 
turdagi hisob obyektlariga kiradigan bitta nomdagi obyektning 
harakatini aks ettirish bilan cheklanadi. 
Agar hujjatlarda bir necha nomdagi obyektlarning harakatiga doir 
muomalalar aks ettirilsa, hatto bular bir guruh (guruhcha)ga kirgan holda 
ham, bunday hujjatlar ko‘p qatorli hujjatlar deyiladi. Ko‘p qatorli 
hujjatlar s
o‘
nggi vaqtlarda hisobchilik amaliyotida keng qo‘llanilmoqda. 
Ularning afzalligi axborotlarning tig‘iz joylashtirganligida bo‘lib bunday 
hujjatlarga hisobga olinadigan obyekt bo‘yicha ma’lumotlar bir marta 
kiritiladi. Ular buxgalteriya hisobi avtomatlashtirilgan sharoitda qulay.
Bir turdagi muomalalarni rasmiylashtirish bo‘yicha 
hujjatlar 
unifikatsiyalangan va boshqa hujjatlarga bo‘linadi. 
Unifikatsiyalangan hujjatlar 
– belgilangan tartibda tasdiqlangan va 
har xil mulkchilik shakli va har xil tarmoq xususiyatlariga ega 


193 
korxonalarda bir turdagi xo‘jalik muomalalarini rasmiylashtirish uchun 
mo‘ljallangan 
hujjatlardir. 
Unifikatsiyalangan 
hujjatlarga 
avans 
hisobotlari, to‘lov topshiriqnomalari, kassa kirim va chiqim orderlari va 
shunga o‘xshashlar misol bo‘ladi. Ular mulkchilik shaklidan qat’i nazar 
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha 
korxonalarda qo‘llanilishi majburiydir. 
Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish unifikatsiyalangan dastlab-
ki hujjatlarni va ularning elektron versiyalarini ishlab chiqish hamda 
qo‘llash imkoniyatlarini kengaytiradi. 
Hujjatlarni unifikatsiyalash hujjatlashtirishni tartibga solishga olib 
keladi. U hujjatlarni standartlashtirish, ya’ni ular blankalarining bir xil 
hajmlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi lozim. Bu 
hujjatlarni tayyorlash uchun qog‘oz sarfini kamaytiradi, ularni ishlash va 
saqlashni soddalashtiradi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan ro‘yxatga kiritilmagan hujjatlar boshqa 
hujjatlar toifasiga kiradi. Boshqa hujjatlarga jamlovchi hujjatlar: asosiy 
vositalar eskirishini hisob-kitob vedomosti, savdo ustamalarini sotilgan 
va sotilmagan tovarlar o‘rtasida taqsimlash vedomosti va boshqalar 
kiradi. 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin