R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

Dastlabki hujjatlar
deb bevosita xo‘jalik muomalasi sodir bo‘lgan 
vaqtda yoki sodir bo‘lganidan so‘ng darrov tuziladigan hujjatlarga 
aytiladi. Bunday hujjatlarga kassa kirim orderi, (KO-1-shakl), kassa 
chiqim orderi (KO-2-shakl)qishloq xo‘jalik mahsulotlarining kelish 
kundaligi, talabnoma-yuk xati, chorva mollarini tortish (o‘lchash) 
vedomosti va boshqa hujjatlar misol bo‘ladi. 
Buxgalteriya hisobining hujjatlari shakllantirish tartibiga ko‘ra 
dastlabki
va 
yig‘ma
hujjatlarga bo‘linadi. 
Yig‘ma hujjatlar
deb to‘ldirilgan bir qancha dastlabki hujjatlar 
asosida tuziladigan hujjatlarga aytiladi. Kassirning hisoboti, bo‘nak 
(avans) hisobotlari, fermadagi hayvon va parrandalarining harakati 
to‘g‘risidagi hisobot va boshqa hujjatlar yig‘ma hujjatlarga misol bo‘la 
oladi. 
Yig‘ma hujjatlar dastlabki hujjatlardagi ma’lumotlarni umumlash-
tirib, hisob ishlarini ixchamlashtiradigan, yiriklashtirilgan ma’lumotlarni 


190 
olish va dastlabki hujjatlar ma’lumotlarini zarur yo‘nalishlarda 
guruhlashda ulkan ahamiyatga ega. 
Buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik 
muomalalarini qamrab olish
, ya’ni 
bir yoki bir qancha xo‘jalik muomalalarini o‘zida aks ettirish 
xususiyatiga qarab
 
bir
martalik
va
 
jamlama
hujjatlarga bo‘linadi 
Bir martalik
hujjatlar deb bir yoki bir necha xo‘jalik muomalasi bir 
vaqtda rasmiylashtiriladigan hujjatlarga aytiladi. Bunday hujjatlarga 
kassa kirim orderi, kassa chiqim orderi, bajarilgan ishlarni qabul qilish 
dalolatnomasi, to‘lov vedomostlari va boshqa shunga o‘xshash hujjatlar 
kiradi. 
Jamlama hujjatlar
deb bir xil xo‘jalik muomalalari ularning sodir 
bo‘lgan vaqtiga qarab rasmiylashtirilib boriladigan hujjatlarga aytiladi. 
Bunday hujjatlarga kassir hisoboti, tovar-moddiy boyliklarni olish uchun 
limit-zabor kartalari, sut sog‘ishni hisobga olish jurnali va boshqa 
hujjatlar misol bo‘ladi. Misol tariqasida kassir hisobotini keltirishimiz 
mumkin (7.2-rasm). Bu hujjat kassa kirim va chiqim orderlari hamda 
ularga ilova qilinadigan boshqa tegishli dastlabki hujjatlarga asosan 
tuziladi. Jamlama hujjatlarni qo‘llash korxonada tuziladigai hujjatlar 
sonini kamaytiradi va buxgalteriya hisobini yuritish texnikasini 
qisqartiradi hamda osonlashtiradi. 
 
«Qang‘li» fermer xo‘jaligi
(korxona, muassasa)
KASSA KIRIM ORDERI 
№ 112 
Hu
jjat

T
u
zilg
an
s
an

Sch
o
tlar
bilan
b
o‘
lg
an
alo
q
asi
An
alitik
h
is
o
b
k
o
d

Su
m
m
asi
Ma
q
sad
li 
to
p
sh
ir
iq
kodi
112 
01.03.2020 
710 
084 
3500-00 
11 
Qabul qilindi__
Xudoyorov Rustamdan
_________________ 
Asos:___
ishlatilmagan hisobdor summa
___________________ 
________________________________________________ 
___
uch ming besh yuz
_______________ so‘m ___tiyin 
Ilova: ____________________________________________ 
__________________________________________________ 
Bosh buxgalter
Мuratboyeva E.Q. 
Kassir qabul qildi
Yakubova G.M. 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin