199
7.3. Hujjatlarni rasmiylashtirish, tekshirish va
ularga ishlov berish
Hujjatlar buxgalteriya yozuvlarini yozishda asos bo‘la olishi va
isbotlovchi yuridik kuchga ega bo‘lishlari uchun belgilangan shakldagi
blankalarda, o‘z vaqtida, siyoh,
sharikli ruchka pastasi, yozuv
(hisoblash) mashinkasi yoki kompyuterda to‘ldirilishi, talab qilinadigan
barcha rekvizitlar to‘liq va aniq to‘ldirilishi, hujjatda aks ettirilayotgan
muomala mazmuni aniq va tushunarli bayon qilinishi; hujjatni
imzolovchilarning lavozimi ko‘rsatilib, tushunarli qilib qo‘yilgan imzosi
bo‘lishi kerak.
Bir nechta nusxada to‘ldirilishi zarur bo‘lgan
hujjatlar nusxa
ko‘chiradigan qog‘oz orqali to‘ldiriladi. Ammo ularning har bir nusxasi
alohida imzolanadi.
Hujjat qaysi usulda – qo‘lda yoki kompyuterda to‘ldirilishidan
qat’i nazar, iqtisodiy hodisalarni ro‘yxatga olishning to‘g‘riligi va
qonuniyligini nazorat qilish maqsadida, unda «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida»gi qonunda talab qilinganidek, nafaqat mansabdor shaxslar
imzolari, balki ularning ism-familiyalari ham ko‘rsatilishi lozim.
So‘nggi talab «Buxgalteriya hisobida hujjatlar
va hujjatlar aylanishi
to‘g‘risidagi Nizom»ning 9-bandida aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu
qonun hujjatlari har xil darajada bo‘lsada, so‘nggisining shart-lariga
rioya qilish majburiy hisoblanadi. Gap shundaki, «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida»gi qonunning 13-moddasida ko‘rsatilishicha,
«Buxgalteriya
hisobi sub`yektining rahbari imzolash huquqiga ega bo‘lgan
shaxslarning
ikkita
ro‘yxatini
tasdiqlaydi.
Birinchi
ro‘yxatga
buxgalteriya hisobi sub`yektida rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi
shaxslar, ikkinchisiga esa buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish
vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar kiradi».
Demak, hujjatda uni
rasmiylashtirgan shaxsning shaxsiy imzosi bilan birga ism-familiyasi
ham ko‘rsatilishi lozim.
Agar hujjatni to‘ldirishda xatoga yo‘l qo‘yilsa, xato yozilgan so‘z
yoki raqam ustidan bir marta chiziq tortish va yuqori qismiga to‘g‘ri
so‘z yoki raqamni yozib qo‘yish yo‘li bilan o‘zgartirishi lozim. Bunday
tuzatish hujjatlarning har bir nusxasida amalga oshiriladi va izoh
beriladi. Berilgan izohga hujjatni tasdiqlagan shaxsning imzosi
qo‘yilishi kerak. Agar hujjatdagi xato buxgalteriyada topilsa va tuzatilsa,
bu xatoga yo‘l qo‘ygan shaxsga bildirish zarur. Bu shaxslar yo‘l
qo‘yilgan xatoning tuzatilganligi to‘g‘risida izoh berib, uni o‘z
imzolari
200
bilan tasdiqlashlari lozim.
Cheklar, to‘lov – topshiriqlari va talabnomalaridagi yo‘l qo‘yilgan
xatolarni tuzatish mumkin emas.
Bu hujjatlar bekor qilinib, yangidan
rasmiylashtiriladi.
Hujjatlarda yozuvlarni yozish tartibi «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risidagi» qonun va tegishli buxgalteriya hisobi milliy standartida
belgilangan. Hujjatlarni to‘lg‘azishni osonlashtirish maqsadida
buxgalteriya, faktura va boshqa hisoblash
yozish mashinalarini hamda
hujjatlardagi doimiy rekvizitlarni yozishda matbaa usulini keng qo‘llash
maqsadga muvofiq.
Hujjatlarni to‘lg‘azish talablariga to‘la rioya qilingandagina ular
o‘z vazifasini to‘liq bajaradi.
Hujjatlar buxgalteriya schotlariga yozilishidan oldin dastlabki
tekshirish, qabul qilish va buxgalteriya ishlovidan o‘tkaziladi.
Hujjatlarni tekshirishning quyidagi turlari mavjud:
Dostları ilə paylaş: