R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

Hujjatlarni so‘ndirish
– hujjatlarda ularning ishlatilganligi 
to‘g‘risida «olindi», «to‘landi» yoki «so‘ndirildi» degan shtamplarni 
bosish yo‘li bilan belgi qo‘yish.
Barcha pul hujjatlari ularni qayta ishlatishning oldini olish 
maqsadida tezkor tarzda so‘ndiriladi. Boshqa barcha hujjatlar ular 
schotlarga yozilganidan so‘ng adashib qayta yozish yoki qandaydir 
suiiste’mollarning oldini olish uchun joriy tartibda so‘ndirilishi lozim.
Agar korxonada hisobning avtomatlashtirilgan shakli qo‘llanilsa, 
hujjatlarni buxgalteriyada ishlash hisob nomenklaturalarini (buxgal-
teriyada) tegishli xos raqam (kod) bilan belgilash va hujjatlarni 
pachkalarga komplektlashdan iborat bo‘ladi. 
7.4. Hujjatlar aylanishi, arxivi va saqlanishini
tashkil etish 
 
Dastlabki hujjatlarning buxgalteriyaga o‘z vaqtida kelishini va 
ketma-ketligini ta’minlash uchun korxona bosh buxgalteri hujjatlar 
aylanishini belgilaydi. Hujjatlar aylanishi deb hujjatlarning tuzilgan 
paytidan arxivga topshirilgungacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishiga 
aytiladi. Bu yo‘lda hujjatlar quyidagi bosqichlardan o‘tadi: 
1) tuzilishi (yozilishi); 
2) buxgalteriyaga qabul qilinishi; 
3) hujjatlarning hisob tizimida ro‘yxatga olinishi; 
4) arxivga topshirilishi. 
Hujjatlarning aylanish tartibi hisobni tashkil qilish, korxonaning 
tuzilish hajmi va hisoblash texnikasini vositalaridan foydalanishga 
bog‘liq. 
Barcha dastlabki hujjatlar uchun namunaviy reja-grafik asosida 
hujjatlar aylanishining reja-grafigi ko‘rinishidagi sxemasi ishlab 
chiqiladi. Bunda barcha dastlabki hujjatlar, ularning tayinlanishi, nechta 
nusxada tuzilishi, kim tomonidan va qaysi muddatga tuzilishi, har bir 
hujjatning qayerga va qachon taqdim etilishi, taqdim etilgan hujjatlarni 
kim qabul qilishi va ishlov berishi, buxgalteriyada qanday ishlar 
bajarilishi hamda ularning qaysi hisob registrlarida aks ettirilishi birma-
bir ko‘rsatiladi. Hujjatlar aylanishi reja-grafigida korxonadagi har bir 
tarkibiy bo‘linma bo‘yicha hisob va hisobot ishlarining bajarilish 
muddatlari, hisobot ishlarining har bir turi va har bir ijrochi bo‘yicha 


204 
topshirilish vaqti ko‘rsatiladi. hujjatlar aylanishi reja-grafigining 
namunaviy shakli 7.6-rasmda keltirilgan.
Hujjatlar aylanishining reja-grafigi balanslarni va boshqa davriy 
hisobotlarni qisqa muddatda tuzish va taqdim etishni ta’minlaydi. 
Reja-grafik hisob va hisobot sohasidagi ishlar intizomini 
mustahkamlab, korxonalarda hisob va nazoratning sifatini oshiradi. 
Mazkur korxona uchun ishlab chiqilgan hujjatlar aylanishining 
reja-grafigi korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi va korxonadagi 
barcha moddiy javobgar shaxslar, hisob xodimlari va mansabdor 
shaxslarga yetkaziladi.
Hujjatlar aylanishini belgilovchi hujjatlar va ma’lumotnomalar 
hajmi korxonada qabul qilinadigan boshqaruv qarorlariga ham ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Buxgalteriya hujjatlarini saqlash buxgalteriya hisobini yo‘lga 
qo‘yishda muhim ahamiyatga ega. Hujjatlarni saqlashning oqilona tizimi 
nafaqat qonunchilikda belgilangan muddatlar davomida hujjatlarning 
butunligi va saqlanishini, balki istalgan vaqtda ulardan har xil ma’lumot 
sifatida foydalanish imkoniyatini ham ta’minlaydi.
Dastlabki hujjatlar, hisob registrlari va buxgalteriya hisobotlari 
arxivga topshirilishi shart, bungacha ular maxsus xonalarda yoki 
qulflanadigan shkaflarda saqlanishi lozim. Qat’iy hisobot blankalari 
shkaflarda yoki ularning saqlanishini ta’minlaydigan maxsus xonalarda 
saqlanishi kerak.
Joriy oydagi qo‘lda ishlov berilgan, ma’lum bir hisob registriga 
tegishli dastlabki hujjatlar xronologik (ketma-ket) tartibda jamlanadi va 
hujjatlar jild ko‘rinishida tikiladi.
Hujjatlarni ularning tavsifi va tayinlanishi bo‘yicha jildlarda 
joylashtirish quyidagi belgilar bo‘yicha amalga oshiriladi: 

predmetli belgisi bo‘yicha (masalan, kassa hujjatlari, hisob-
kitob hujjatlari va h.k.); 

korrespondentlik belgisi bo‘yicha (mazkur hujjatlar tegishli 
bo‘lgan tashkilotlar bo‘yicha); 

xronologik belgisi bo‘yicha (oylar, oylar ichida esa kunlar 
bo‘yicha); 

hujjatlarning raqamlari bo‘yicha. 
Masalan, kassa orderlari, avans hisobotlari va bank ko‘chirmalari 
ilova qilingan hujjatlari bilan birga xronologik tartibda jamlanadi va 
muqovalanadi. 
Arxivni tashkil etish, dastlabki hujjatlar, hisob registrlari va 


205 
hisobotlarni arxivda saqlash muddatlari O‘zbekiston Respublikasining 
«Arxivlar to‘g‘risida»gi qonuni va boshqa tegishli qonunosti hujjatlarida 
belgilangan. Arxivda hujjatlar jildlari ma’lum tartibda – alfavit bo‘yicha 
va h.k. tartibda joylashtiriladi. 
Hujjatlar qulflanadigan xonalarda maxsus shkaflar yoki seyflarda 
saqlanishi lozim.
Hujjatlar arxivga berilishi oldidan ma’lum registrlar bo‘yicha 
jamlanadi va arxiv uchun ma’lumotnoma tuziladi. Bu ma’lumotnomada 
quyidagilar ko‘rsatiladi: 

mazkur dastlabki hujjatlar tegishli bo‘lgan hisob registrlarining 
nomi; 

hujjatlar jamlangan davr boshlangan va tugallangan sana; 

jamlangan hujjatlarning ro‘yxati; 

hujjatlarni jamlash va arxivga topshirish sanasi; 

mas’ul shaxslar imzosi. 
Masalan, barcha dastlabki hujjatlar korxonada kamida 5 yil 
saqlanadi. Choraklik hisobotlar, inventar kartochkalar, asosiy vositalarni 
hisobga olish daftari (ular tugatilganidan so‘ng), pul mablag‘lari va 
tovar-moddiy qiymatliklarni olish uchun ishonchnomalar (buzilganlari 
ham), kafolat xatlari, inventar ro‘yxatlar, dalolatnomalar, taqqoslash 
vedomostlari (munozarali masalalar yoki sudlov ishlari yuzaga 
kelganida) 3 yil saqlanadi. Yillik buxgalteriya hisobotlari va ularga 
tushuntirishlar, bosh daftar 10 yil saqlanadi. Eng uzoq muddatga 
saqalanadigan hujjatlarga xodimlarning shaxsiy hisobvaraqalari kiradi. 
Ular 75 yil saqlanishi lozim.
Tezkor boshqaruv bilan bog‘liq hujjatlar (imzolar namunasi 
tushirilgan kartochkalar, ichki hisobotlar)ni saqlash muddati zaruratga 
qarab belgilanadi.
 
Arxivdan hujjatlarni berish xo‘jalik yurituvchi 
subyekt rahbarining ruxsati bilan amalga oshiriladi. 
Dastlabki hujjatlar, hisob registrlari va balanslarni korxona 
arxividan olib ketish faqat O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiga 
muvofiq dastlabki tekshiruv, prokuratura, sud va soliq organlarining 
qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. 
Buxgalteriya hujjatlarini olish tartibi 7.7-rasmda keltirilgan.
Hujjatlarni olish korxonaning mansabdor shaxslari ishtirokida 
amalga oshiriladi. Hujjatlarni olish uchun farmoyish bergan organ vakili 
olingan hujjatlarning ro‘yxatini tuzishi va bu haqda bayonnoma 
rasmiylashtirishi lozim. Bayonnomaning 1 nusxasi hujjatlar olingan 
korxonaning xodimiga imzolangan holda topshiriladi.


206 
«Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘g‘risidagi Nizom»
ga
№3-ilova

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin