198
bo‘lishi lozim: pul mablag‘larining kimdan olinganligi, asos, summasi,
xo‘jalik muomalasining sodir bo‘lgan sanasi.
Buxgalteriya hujjatlari aks ettiriladigan xo‘jalik muomalalarining
mazmuniga ko‘ra namunaviy shakl va maxsus shakldagi hujjatlarga
bo‘linadi.
Namunaviy shakl
deb bir toifadagi keng tarqalgan xo‘jalik
muomalalarini aks ettirish uchun mo‘ljallangan hujjatlar shakliga
aytiladi.
Bunday
shakldagi
hujjatlar
iqtisodiyotning
barcha
tarmoqlaridagi korxonalarda bir xilda qo‘llaniladi. Namunaviy
hujjatlarga quyidagilar misol bo‘ladi: KO №1-kassa kirim orderi, KO
№2-kassa chiqim orderi, T№53-to‘lov vedomosti va b.
Maxsus shakldagi hujjatlarga ixtisoslashtirilgan tarmoqlarda tor
doirada qo‘llaniladigan hujjatlar kiradi.
Hujjatlar soni va mazmuni imkon qadar kam, ularni rasmiylash-
tirish uchun ketadigan vaqt esa qisqa bo‘lishi lozim. Bunga
Dostları ilə paylaş: