201
Hujjatlarni
mohiyatiga ko‘ra tekshirish
deb, ularda aks ettirilgan
xo‘jalik muomalalarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini va
qonuniyligini aniqlashga aytiladi.
Shaklan tekshirish
deb hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi,
barcha belgilangan rekvizitlarni to‘lg‘azilishi; xo‘jalik muomalasini
amalga oshirish va hujjatlarni rasmiylashtirish uchun mas’ul shaxslar-
ning imzolari; xatolarni tuzatish hollarida izohning mavjudligini
tekshirishga aytiladi.
Bunday tekshirishdan so‘ng hujjatlar arifmetik tekshirishdan
o‘tkaziladi.
Arifmetik tekshirish
da jamlangan yig‘indilarning to‘g‘riligi hamda
miqdor, sifat va summaviy ko‘rsatkichlarning to‘g‘ri aks ettirilganligi
aniqlanadi. Birorta yo‘l qo‘yilgan xato aniqlansa, hujjatlar ularni
to‘lg‘azish uchun javobgar shaxslarga aniqlik kiritish uchun qaytariladi.
Qarama-qarshi tekshirish
– bu bitta hujjatni boshqasi bilan
taqqoslab tekshirish. Masalan, ish haqi bo‘yicha hisoblashuv – to‘lov
tabeli ish vaqtini hisobga olish tabeli bilan; kassir hisoboti unga ilova
qilingan kirim va chiqim orderlari bilan va h.k.
Hujjatlar puxta tekshiruvdan o‘tkazilganidan so‘ng qabul qilinadi
va buxgalteriyada ishlanadi.
Hujjatlarning tekshirilganligi va qabul qilinganligini buxgalter
hujjatlarni qabul qilish reestrining nusxasida o‘z
imzosi bilan
tasdiqlaydi. Tekshirilgan va qabul qilingan hujjatlar buxgalteriyada
ishlanadi. Hujjatlarni buxgalteriyada ishlash quyidagi bosqichlardan
iborat (7.5-rasm).
Dostları ilə paylaş: