B O SH J U R N A L 12.5-jadval S
an
a
Memo-
rial-
orderlar
№
Or-
der
bo‘yi
cha
obo-
rot
sum-
masi
Schotlar nomi va raqami
0100-«Asosiy
vositalarni
hisobga
oluvchi
schotlar»
0200-«Asosiy
vositalar eski-
rishini
hisobga
oluvchi
schotlar»
0400-
«Nomoddiy
aktivlarni
hisobga
oluvchi
schotlar»
va b.
Debet
Kre-
dit
Debet
Kre-
dit
Debet
Kre-
dit
De-
bet
Kre
-dit
Bosh-jurnalga dastavval hisobot davrining boshida schotlar bo‘yicha
qoldiqlar o‘tkazilib, so‘ngra korrespondensiyalanuvchi schotlar bo‘yicha
barcha oborotlar memorial orderlardan o‘tkaziladi.
Hisobot davri oxirida schotlar bo‘yicha oborotlar va qoldiqlar
aniqlanadi. Bunda yozuvlar to‘g‘riligi quyidagicha tekshiriladi: barcha
schotlarning bir oydagi debet oborotlari summasi barcha schotlarning bir
oylik kredit oborotlari summasiga teng bo‘lishi lozim.
Ushbu hisob shaklining mazmuni sintetik schotlar bo‘yicha oborot
vedomosti tuzishni istisno qiladi.
Schotlarda chiqarilgan qoldiqlarga asosan yakuniy balans tuziladi.
Buxgalteriya hisobi «Bosh-jurnal» shaklida yuritilganida yozuvlar ketma-
ketligi va ma’lumotlarni guruhlash tartibi quyidagi chizmada keltirilgan
(12.4-rasm).
Memorial-orderga ilova qilingan dastlabki hujjatlardagi barcha xo‘jalik
muomalalari belgilangan shakldagi analitik hisob vedomostlari va
kartochkalariga tarqatib yoziladi. Ushbu vedomost va kartochkalar har bir
sintetik schot uchun zaruratga qarab ochiladi va buxgalteriyada maxsus
reestrda ro‘yxatga olinadi.
«Bosh-jurnal» shaklining mazmunidan ko‘rinib turibdiki, u qo‘l
mehnati xarajatlarini biroz qisqartirsada, ammo unda memorial-order
shakliga xos kamchiliklar mavjud.