322
Tuzatilgan schotlar aloqasini yozishda xato yozuvning sanasi va
raqamiga asoslanib, tuzatish sabablarini ko‘rsatgan holda izoh berish kerak.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobini yuritishda
xilma-xil texnik vositalar va turli hisob registrlaridan foydalaniladi. Xo‘jalik
muomalalarini qayd qilishda tashqi shakli va grafalanishi turlicha daftarlar,
kartochkalar va alohida varaqlar qo‘llaniladi, hisob registrlarining u yoki bu
tartibda o‘zaro bog‘lanishi aniqlanadi va hisob registrlariga yozishning u
yoki bu usuli, u yoki bu ketma-ketligi qo‘llaniladi. Muomalalarni qayd
qilishda qo‘llaniladigan texnik vositalar va hisob registrlarining turli xil
birlashmalari buxgalterlik hisobining har xil shakllarini ishlab chiqishga olib
keladi.
Dostları ilə paylaş: