R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Hisob registrlaridagi xato yozuvlarni aniqlash



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

12.2. Hisob registrlaridagi xato yozuvlarni aniqlash
va tuzatish usullari 
 
Hisob jarayonida ayrim paytlarda xatolar uchraydi va ularni o‘z vaqtida 
tuzatish zarur. Xatolarni topish uchun yozuvlarni tanlab yoki yoppasiga 
tekshirish usullari qo‘llaniladi. Yozuvlardagi xatolar har xil bo‘lishi mumkin. 
Masalan, hujjatlarda va hisob registrlarida matn yoki summa noto‘g‘ri 
yozilgan, natural yoki qiymat ko‘rsatkichlarini jamlashda xatoga yo‘l 
qo‘yilishi, xo‘jalik muomalalarini aks ettirishda schotlar korrespondensiyasi 
noto‘g‘ri tuzilishi, yozuvlar tegishli bo‘lmagan boshqa registrlarga yozilgan 
bo‘lishi mumkin va h.k.
Aniqlangan barcha xatolar hisobot tuzilgunga qadar tuzatilishi lozim.
Hisob registrlaridagi xatolarni tuzatishda xatoning xususiyati va 
aniqlangan vaqtiga qarab quyidagi usullardan birortasi qo‘llaniladi: 
korrektura, qizil storno 
va
 qo‘shimcha yozuv. 
Korrektura usuli
ma’lumotlar hisobot davri uchun jamlangunga qadar 
topilgan xatolarni tuzatishda qo‘llaniladi. Bu usulda noto‘g‘ri yozuv ustidan, 
uni o‘qish mumkin qilib, ingichka bitta chiziq tortiladi va yuqorisiga to‘g‘ri 
yozuv yozib qo‘yiladi. Bunday tuzatish to‘g‘risida tegishli registrning bo‘sh 
joyiga izoh berilib, xatoni tuzatgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Jurnal-order shaklida hisob yuritishda hisob registrlaridagi xatolar 
korrektura usuli bilan ularda hisobot oyi uchun jami chiqarilgunga qadar 
tuzatiladi. Registrlar jamlangandan so‘ng, lekin yozuvlar bosh daftarga 
o‘tkazilmasdan oldin, registrlardagi xatoni tuzatish, buning uchun 
belgilangan bo‘sh qator yoki grafada, maxsus 
buxgalteriya ma’lumot-nomasi
(spravkasi) asosida amalga oshiriladi. Jamlangan ma’lumotlar daftarga 
o‘tkazilgandan so‘ng registrlarda xatoni tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday 
vaqtda ham xatoni tuzatish maxsus tuziladigan buxgalteriya ma’lumotnomasi 
asosida amalga oshiriladi. Bu ma’lumot-nomadagi yozuv Bosh daftarga 
alohida o‘tkaziladi. Ma’lumotnoma esa xato topilgan jurnal-orderga ilova 
qilinadi (tikib qo‘yiladi). 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin