320
va qizil rang bilan yozilgan (storno) yozuv o‘zaro bir-birini yo‘qotadi va
to‘g‘ri yozuv qoladi.
Yo‘l qo‘yilgan xatoni qizil storno usuli
bilan tuzatishni quyidagi
misolda ko‘rib chiqamiz.
Masalan, fermer xo‘jaligida hisobdor
shaxsga xizmat safari uchun
kassadan 50000 so‘m bo‘nak berildi va bu muomala schotlarga quyidagicha
aks ettirilgan:
1) 4890 – «Boshqa debitorlar qarzlari» schotining debeti – 50000 so‘m
5010-«Milliy valutadagi pul mablag‘lari» schotining krediti – 50000 so‘m.
Bu yozuv noto‘g‘ri, chunki hisobdor shaxsga xizmat safari uchun
berilgan bo‘naklar 4890 –«Boshqa debitorlar qarzlari»
degan schotda emas,
balki 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar» degan schotda hisobga
olinishi kerak. Yo‘l qo‘yilgan xatoni tuzatish
uchun avval xuddi shu xato
yozuv qizil siyoh bilan yoziladi yoki oddiy rangda yozilib to‘rtburchak
ichiga olinadi;
2) 4890-«Boshqa debitorlar qarzlari-joriy qismi» schoti debeti 50000 so‘m.
5010-«Milliy valutadagi pul mablag‘lari» schoti krediti 50000 so‘m.
Natijada ushbu qizil yoki to‘rtburchak ichiga
olingan yozuv oldingi
xato yozuvni yo‘qqa chiqaradi. So‘ngra mazkur xo‘jalik
muomalasining
mazmuniga mos keladigan to‘g‘ri yozuv oddiy rangda yoziladi.
3) 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar» schotining debeti
50000 so‘m.
5010-«Milliy valutadagi pul mablag‘lari» schotining krediti 50000 so‘m
Yuqoridagi schotlar korrespondensiyasi buxgalterlik hisobi schotlarida
quyidagicha aks ettiriladi:
1) 50000
2) 50000
S-do:100000
1)
50000
2)
50000
3)
50000
Oborot: —
Oborot: —
Oborot: —
Oborot:
50000
S-do: —
S-do: 50000
Schot № 4890
«Boshqa debitorlar qarzlari»
D-t К-t
Schot №5010
«Milliy valutadagi pul mablag‘lari»
D-t К-t