Hisob yozuvlarining turlari
ga ko‘ra buxgalteriya hisobi registrlari:
xronologik, sistematik
va
uyg‘unlashgan
yozuvlar hisob registrlariga
bo‘linadi.
Xronologik registrlar
deb xo‘jalik muomalalari xronologik tartibda
(ularning sodir bo‘lishiga qarab) yozib boriladigan registrlarga aytiladi.
Bunday registrlarga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini realizatsiya qilishga oid
hujjatlar reestri misol bo‘ladi. Bu reestrda mahsulotlarni sotishga jo‘natish
uchun to‘lg‘azilgan tovar-transport nakladnoylari va ularning qabul
qilinganligi to‘g‘risidagi kvitansiyalari qayd qilib boriladi.
Sistematik registrlar
deb xo‘jalik muomalarining bir xil guruhlari
buxgalteriya hisobi schotlari bo‘yicha yoziladigan registrlarga aytiladi.
Bunga misol tariqasida jurnal-order shakli bo‘yicha hisob yuritadigan
xo‘jaliklarda qo‘llanilgan № 8- ASK, 10 ASK jurnal-orderlarni keltirish
mumkin.
Uyg‘unlashgan registrlar
deb yozuvlarni ham xronologik, ham
sistematik ravishda guruhlashtirishni ta’minlaydigan registrlarga aytiladi.
Bunday registrlar buxgalteriya hisobining takomillashuvi natijasida vujudga
kelgan bo‘lib, ularda xo‘jalik muomalalari iqtisodiy mazmuniga ko‘ra
buxgalteriya hisobining schotlari bo‘yicha ajratilgan holda bir vaqtda aks
ettiriladi. Uyg‘unlashgan registrga misol qilib bosh daftarni (№18 ASK
shakl) keltirish mumkin.
Buxgalteriya hisobi registrlari to‘ldirilish usuliga ko‘ra qo‘lda
to‘ldiriladigan (asosiy vositalar hisobi bo‘yicha inventar kartochkalar) va
ShEHMda to‘ldiriladigan registrlarga bo‘linadi.
Kompyuter yordamida registrlardan nafaqat ulardagi ma’lumotlarning
mazmunini, balki registrlar shakllarining o‘zini ham olish mumkin.
Buxgalteriya hisobi registrlari tuzilish shakliga ko‘ra
: bir tomonlama,
ikki tomonlama, ko‘p grafalari, chiziqli va shaxmatli registrlarga bo‘linadi.
Bir tomonlama registrlar
– bu moddiy qiymatliklarni, hisob-kitoblarni
va boshqa muomalalarni hisobga olishga doir har xil kartochkalardir. Ularda
debet va kredit yozuvlarning alohida grafalari birlashtirilgan.
Ikki tomonlama hisob registrlari
deb xo‘jalik muomalalarini aks
ettiradigan grafalar varaqning turli tomonlarida (debet qismi varaqning chap
tomonida, kredit qismi esa varaqning o‘ng tomonida) joylashgan registrlarga
aytiladi. Bularga tovar-moddiy boyliklarni hisobga olish kartochkalari misol
bo‘ladi.
318
Ko‘p grafali registrlar
da bir tomonida (odatda debet tomonida) bir
necha kolonkalar bo‘ladi (xarajatlarni moddalar bo‘yicha hisobga olish
daftarlari yoki kartochkalari).
Shaxmatli registrlar
– bu kataklarga bo‘lingan registrlardir. Bunday
registrlarda yozuvlar kolonkalar va satrlarning kesishgan joyida amalga
oshirilib, bir vaqtning o‘zida schotning debeti va krediti bo‘yicha aks
ettiriladi (jurnal-orderlar, bosh daftar va boshqalar).
Chiziqli hisob registrlari
da bir xil axborotlar bitta satr bilan yoziladi.
Masalan, hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar vedomosti tegishli sintetik
schotni hisobdor shaxslarning nomlari bo‘yicha zarur miqdordagi analitik
schotlarga bo‘lish imkonini beradi.
Hisobning avtomatlashtirilgan shaklida hisob registrlari sifatida
natijaviy
ma’lumotlarni
alfavit
tartibda
belgilashga
mo‘ljallangan
mashinogrammalar qo‘llaniladi.
Analitik hisob mashinogrammalarida analitik schotlar bo‘yicha
sistemalashtirilgan dastlabki hujjatlarning ma’lumotlari, zarur vaqtlarda esa
xarajat moddalari bo‘yicha korrespondensiyalanuvchi schotlar ko‘rsatilgan
holda aks ettiriladi. Bunday mashinogrammalar jurnal-order shaklida
qo‘llaniladigan vedomostlar o‘rnini bosadi. Ular hisob yuritish, nazorat va
xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish hamda hisobotlar tuzish uchun kerakli
bo‘lgan barcha ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Buxgalterlik yozuvlarni
hisob registrlariga sifatli yozish hisobning aniqligini oshirishning muhim
shartidir. Yozuvlar hisob registrlariga qo‘lda (siyoh yoki sharikli ruchka
pastasi bilan) yoki yozuv mashinkasi yordamida yoziladi.
Hisob registrlariga yoziladigan yozuvlar: hujjat bilan asoslangan, o‘z
vaqtida, qisqa, aniq va tushunarli bo‘lishi lozim.
Bu talablarga rioya qilish korxona faoliyatini joriy nazorat va iqtisodiy
tahlil qilish uchun zarur ma’lumotlarni hisob registrlaridan olishga imkon
beradi.
Hisob registrlariga yozilgan yozuvlar to‘g‘risida shu registrlarga yozish
uchun asos bo‘lgan dastlabki hujjatlarning jami ma’lumotlari bilan
taqqoslanadi.
Masalan, kassaga bankdagi hisob-kitob schotidan olingan yoki
kassadan
hisob-kitob
schotiga
topshirilgan
summalar
to‘g‘ri
aks
ettirilganligini tekshirish uchun 1-ASK jurnal-orderi vedomost qismining
jami 2-ASK jurnal-order jami bilan, 2-ASK jurnal-order vedomost qismining
jami 1-ASK jurnal-order jami bilan solishtirib ko‘riladi. Hujjatlarni tuzishda
va ishlashda hamda hisob registrlariga yozishda har xil xatolarga yo‘l
319
qo‘yilishi
mumkin
(raqamlarni
yozishda
aniqlash,
jamlashda
va
korrespondensiyalanuvchi schotlarni yozishda xato qilish).
Dostları ilə paylaş: |