Hech nimani qonunni bilga-
nimizdek yomon bilmaymiz
Onore de Balzak
14.1. O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy tartibga
solish tizimi va uning elementlari
O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish tizimi va
uning asosiy elementlarini to‘rt pog‘onaga bo‘lish mumkin(14.1-rasm).
14.1-rasm. Buxgalteriya hisobini me’yoriy- huquqiy tartibga
solish tizimi.
Birinchi pog‘onada «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni turadi.
Bu qonun O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini xalqaro
standartlarga muvofiq tashkil etishning huquqiy maqomini belgilaydi.
Buxgalterlar xalqaro federatsiyasi
(IFAC)
O‘
zbe
kist
on R
espubl
ikas
i
B
uxga
lt
erla
r va
a
udit
orla
r mill
iy
assot
siatsi
ya
si
I pog‘ona
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida»gi qonun
II pog‘ona
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining
milliy standartlari
III pog‘ona
Buxgalteriya hisobining alohida bo‘limlari bo‘yicha
hisob yuritish tartibini belgilaydigan: «Uslubiy ko‘rsat-
malar, yo‘riqnomalar, tavsiyanomalar va boshqalar»
IV
pog‘ona
«Korxonaning hisob siyosati» (Korxonaning hisob yuritish
va hisobot tuzishga doir ichki hujjatlar to‘plami)
363
Shuning uchun «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunga batafsilroq
to‘xtalamiz.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustida qabul
qilingan «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi 279-1-sonli qonuniga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, yangi tahriri 2016 yil 13 aprelda
tasdiqlandi.
Ta’kidlash zarurki, o‘tgan yigirma yil davomida mazkur qonunning
oldingi tahriri amaliyotda barqaror qo‘llandi. O‘tgan 20 yil davomida
qonunga birorta ham o‘zgartirishlar kiritilmadi. Lekin mamlakatda amalga
oshirilayotgan
iqtisodiy
islohotlarning
bosqichma-bosqich
chuqurlashtirilishi,
milliy
iqtisodiyotning
jahon
hamjamiyatiga
uyg‘unlashuvi, xalqaro iqtisodiy aloqalar va investitsiya faoliyatining
rivojlanishi kabilar oqibatida oldingi tahrirdagi qonun bir qator jihatlari
bo‘yicha real hayotdan orqada qolayotgani kuzatildi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobining me’yoriy-huquqiy ta’minotini
takomillashtirish zaruriyati milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash, xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish va korporativ boshqaruvning rivojlanishi,
moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining joriy qilinishi kabilar bilan
bog‘liq.
Taqdim etilayotgan qo‘llanmada Qonunning yangi tahriridagi barcha
moddalariga sharhlar keltirilgan. Jumladan, yangi tahrirda 10 ta modda
kiritilgan bo‘lib, ularda qonunning maqsadi (1-modda), buxgalteriya
hisobining asosiy printsiplari (3-modda), buxgalteriya hisobi (4-modda),
buxgalteriya axboroti (5-modda), sintetik va analitik hisob (8-modda),
buxgalteriya hisobi standartlari (10-modda), buxgalteriya hisobi xizmatining
rahbari (12-modda), ichki nazorat (21-modda), buxgalterlarning jamoat
birlashmalari(30-modda) va nizolarni hal etish(31-modda) tushunchalarining
yuridik maqomi aniqlangan hamda tavsiflari yoritib berilgan.
Mazmunan eskirgan, ahamiyatini yo‘qotgan ayrim moddalar to‘liq
bekor qilingan yoki ularning ayrim qoidalari boshqa moddalar bilan
uyg‘unlashtirilgan (2,6-moddalar). Shuningdek, oldingi tahrirdan saqlanib
qolingan moddalarning ayrimlariga yangi normalar hamda tahririy
tuzatishlar kiritilgan.
364
Umuman qonunning oldingi tahriridagi kontseptsiyasi saqlab qolingan
holda zamon talablaridan kelib chiqib yangi moddalar bilan tuldirilib,
mavjudlari takomillashtirilgan.
Qonunning eski va yangi tahriri o‘rtasidagi farqlarni quyidagicha
tavsiflash mumkin:
Dostları ilə paylaş: |