357
va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl)da umumiy summa bilan
keltirilgan ayrim, eng muhim mulklar va majburiyatlarni turlarining baholash
uslublarini qo‘llashda yagonalikni ta’minlashdan iborat.
Buxgalteriya hisobini yuritishda u yoki bu qoidalar qo‘llanilishi
mumkin bo‘lmagan vaqtdagi faktlarni ko‘rsatish va tegishli asoslashlarni
tushuntirish xatida keltirish zarur. Aks holda bunday qoidalarni qo‘llash
ushbu vaziyatni mazkur qoidalarni qo‘llashdan bosh tortish deb qaraladi va
korxona tomonidan buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi amal qilayotgan
qonunchilikni buzish deb tan olinadi.
Tushuntirish xatining mazmuni korxonaning joriy investitsion va
moliyaviy faoliyatining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, jumladan
korxona ixtiyorida qoladigan foydaning taqsimlanishi yoki taqsimlanmasligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Hisob siyosatining tovar-
moddiy zaxiralarni baholash, ularning tayyorlanishi va ishlatilishi, asosiy
vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash hamda
ularning faol qismidan foydalanishning samaradorligini tahlil qilish,
mahsulot (ish, xizmat) realizatsiyasidan olinadigan tushumlarni hisoblash
variantlari, yangi mahsulotlarni ishlab chiqishga doir turli investitsion
loyihalarning rejalashtirilish va amalga oshirilishi, uning sifatini yaxshilash
va hokazolar bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.
Dostları ilə paylaş: