351
aktivlar va majburiyatlarni baholashning boshqacha uslublari
amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga zid bo‘lmagan hollarda ruxsat
etiladi.
Buxgalteriya hisobotlari shakllariga qo‘yiladigan umumiy talablar
ularda bo‘yab tuzatish va noaniqliklar bo‘lmasligini nazarda tutadi. Agar
shakllarda xatolar aniqlansa, ular o‘rnatilgan qoidalar bo‘yicha tuzatilishi
lozim.
Buxgalteriya hisobotlarida aniqlangan xatolar ular qaysi davrga
taalluqli bo‘lishlaridan qat’i nazar hisobot davridan keyingi birinchi davrda
(chorakda, yil boshidan) tuzatilishi lozim. Tuzatishning bunday varianti ichki
audit xizmati yoki nazorat organlari tomonidan aniqlangan, tekshiruvlar va
inventarizatsiya chog‘ida aniqlangan noaniqliklarni tuzatishga ruxsat etiladi.
Tuzatishlar tegishli tarzda izoh berilib, tuzatish sanasi ko‘rsatilgan
holda rahbar va bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobotlarini tuzishga qo‘yiladigan talablar,
umuman olganda joriy buxgalteriya hisobini shakllantirishga qo‘yiladigan
talablarga mos keladi.
Hisobot rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi hamda muhr
bilan tasdiqlanadi.
Buxgalteriya hisobi shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan tashki-lotlar
tomonidan yoki buxgalteriya hisobiga doir mutaxassis bilan fuqarolik-
huquqiy shartnomasi asosida yuritiladigan tashkilotlarda buxgalteriya
hisobotlari xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari hamda hisobni yurituvchi chet
tashkilot vakili yoki mutaxassis tomonidan imzolanadi.
Dostları ilə paylaş: