391
5. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq buxgal-teriya
hisobining maqsadi:
A) axborotdan foydalanuvchilarni iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun zarur
bo‘ladigan axborotlar bilan to‘liq, aniq va o‘z vaqtida ta’minlash
B) axborotdan foydalanuvchilarni ma’lumotlar bilan ta’minlashga
C) bosh buxgalterga moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun ma’lumotlarni
yetkazib berish
D) korxona rahbariyatiga boshqaruv qarorlarini
qabul qilish uchun zarur
ma’lumotlarni yetkazib berish
E) korxona rahbariyatiga korxona mablag‘lari ustidan nazorat o‘rnatishga
yordam berish
6. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobi va moliyaviy
hisobot tizimini tashkil etishga kim javobgar?
A) bosh buxgalter
B) xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari
C) iqtisodiy masalalar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari
D) bosh iqtisodchi
E) bosh buxgalter o‘rinbosari
7. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq uzoq muddatli
aktivlar qaysi baholarda hisobga olinishi kerak?
A) tiklash qiymatida
B) xarid baholarida
C) bozor baholarida
D) to‘liq dastlabki qiymatida
E) tugatish qiymatida
8. Qaysi javobda yillik moliyaviy hisobotning hisobot yili to‘g‘ri
keltirilgan?
A) 1-sentabrdan-31-avgustgacha
B) 21-oktabrdan-30-sentabrgacha
C) 1-yanvardan-31-dekabrgacha
D) 1-martdan-28-fevralgacha
E) so‘nggi uch yil