397
hisobot davrida olingan yoki to‘langan barcha daromadlar va
xarajatlar pul mablag‘larining haqiqatda olingan yoki to‘langan vaqtidan
qat’i nazar, hisobot davrining daromadlari va xarajatlari deb hisoblanadi.
Ushbu tamoyildan kelib chiqqan holda, barcha xo‘jalik operatsiyalari
ular sodir bo‘lgan hisobot davrida aks ettirilishi lozim. Hisobot davrida
qilingan, lekin kelgusi hisobot davriga taalluqli xarajatlar esa – buxgalteriya
hisobida kelgusi davr xarajatlari sifatida aks ettiriladi va korxona tomonidan
o‘rnatilgan tartibga muvofiq, ular tegishli bo‘lgan davr davomida hisobdan
o‘chiriladi.
Korxona hisob siyosatini tanlashda uning ma’lum xo‘jalik vaziyatiga
mos kelishini ta’minlaydigan, ma’lum tamoyillardan kelib chiqish zarur
(15.3-rasm).
Dostları ilə paylaş: