399
Texnik jihati
ushbu usullarni hujjatlar va hisob registrlarida qanday
amalga oshirilishini ko‘rsatadi.
15.4. Buxgalteriya hisobining uslubiy ta’minoti
Bozor munosobatlarining rivojlanishi buxgalteriya hisobi oldiga yangi
talablar qo‘ymoqda. Bir tomondan, bu talablar O‘zbekiston
Respublikasi
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan. Ikkinchi
tomondan, mazkur qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan
buxgalteriya hisobini tashkil etishning umumiy konsepsiyasi bilan birga,
korxona to‘plangan
tajribaga tayanib, hisobni tashkil etishning amaldagi
tajribasini yangi vazifalarni hal etishga qaratishi lozim. Bunda alohida hisob
turlari to‘g‘risida axborotlarni olishga noan’anaviy yondashuvlarni yaratish
va o‘zlashtirish to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda. Bunday axborotlarga birinchi
navbatda, mahsulot tannarxini hisoblash bilan bog‘liq
xarajatlar, moliyaviy
natijalarni hisoblash, tahlil usullari, ichki nazorat va unga asosan boshqaruv
qarorlarini qabul qilish to‘g‘risidagi axborotlar kiradi.
Ushbu yondashuvlarni korxona hisob siyosatini ishlab chiqish yo‘li
bilan amalga oshiradi. Hisob siyosati tegishli mulklar va majburiyatlar
hisobini yo‘lga qo‘yishning muayyan usullarini xo‘jalik yuritish shart-
sharoitlari va amaldagi qonunchilikdan kelib
chiqqan holda tanlashni
bildiradi. Bunda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning aniq
belgilangan yo‘nalishi doirasida bir qancha muqobil usullardan maqbuli
tanlanadi, agar bu amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmasa. Buxgalteriya
hisobini yuritishning tegishli usuli buxgalteriya
hisobiga oid qonunchilik
yoki me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilmagan bo‘lsa korxona uning amaldagi
buxgalteriya hisobi qoidalaridan kelib chiqqan holda mustaqil ishlab chiqishi
mumkin. Har qanday holatda korxona tarkibiy bo‘linmalari ham hisob
siyosatiga rioya qilishi lozim (
Korxona hisob siyosatining namu-nasi 2-
ilovada keltirilgan
).
Hisob siyosati moliya yili davomida o‘zgartirilmasligi lozim va uning
tarkibida quyidagilar tasdiqlanadi:
hisob va hisobotning o‘z vaqtidaligi
talabidan kelib chiqqan holda,
joriy hisobni yuritish uchun zarur bo‘lgan, eng kam sondagi, ammo yetarli
schotlar ro‘yxatidan iborat Ishchi schotlar rejasi;
dastlabki
hujjatlarning
shakllari
(xo‘jalik
operatsiyalarini
rasmiylashtirish uchun namunaviy shakllari mavjud bo‘lmagan) hamda hisob
axborotlaridan ichki foydalanuvchilar ehtiyoji uchun tuziladigan boshqaruv
hisobi hujjatlarining shakllari;
400
mulklarning alohida turlarini baholashning
tegishli variantini
tanlash;
xarajatlarni guruhlash va ishlab chiqarishga olib borishning tegishli
usullarini belgilash;
kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun rezervlarning turlari;
hujjatlar aylanishi qoidalari va hisob axborotlariga ishlov berish
texnologiyalari;
buxgalteriya hisobini tashkil etish uchun talab qilinadigan, xo‘jalik
operatsiyalarini hamda boshqa amallarni bajarish jarayonida tegishli nazorat
turini tanlash.
Dostları ilə paylaş: