406
yetkazib beruvchilar, xaridorlar va shu kabilarning soni katta ahamiyatga ega
emas.
Shuning uchun hisob xodimlarining vazifalari ularning ish yuklamasi,
boshqaruv tizimidagi pog‘onalar o‘rtasida to‘g‘ri va teskari o‘zaro aloqalar
hisob ma’lumotlarini uzatish va uzatish vositalari va kanallaridan kelib
chiqqan holda qayta taqsimlanishi lozim.
Hisob xodimlarining mehnat taqsimoti 3 turga bo‘linadi:
predmetli;
chiziqli;
funksional.
Mehnat taqsimotining predmetli varianti hujjatlarni bo‘limlarning
nomlanishiga muvofiq taqsimlashni nazarda tutadi:
hisob-kitob bo‘limi;
ishlab chiqarish bo‘limi;
hisob bo‘limi;
sotish bo‘limi;
umumiy bo‘lim.
Albatta, konsolidatsiyalangan hisobotdan asosiy foydalanuvchilar
aksiyadorlar hisoblanadi. Bosh kompaniyaning aksiyadori uning aksiya
paketiga to‘g‘ri keladigan sof aktivlar hajmini baholash imkoniga ega emas.
Chunki bosh kompaniyaning balansi faqat sho‘ba korxonalariga qo‘yilmalar
summasidan iborat va ushbu qo‘yilmalarning jami real qiymatini va mos
ravishda aksiyadorlarning ulushini aks ettirmaydi. Aksiyadorlar uchun
ularning qo‘yilmalarini obyektiv aks ettiradigan, bosh kompaniyaning barcha
sho‘ba va tobe korxonalari faoliyatining ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladigan
obyektiv axborotlar zarur.
Dostları ilə paylaş: