409
O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik yoki
buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi davlat organi me’yoriy hujjatlarining
o‘zgarishi;
korxona
moliya-xo‘jalik
faoliyatining
ayrim
uchastkalarida
buxgalteriya hisobini yuritishning yangi usullarini ishlab chiqilishi;
korxona faoliyatining jiddiy o‘zgarishi.
Bunda moliyaviy hisobotdan manfaatdor foydalanuvchilar qo‘llash
to‘g‘risida
moliyaviy ahvolni, pul oqimlarini yoki moliyaviy natijalarni
ishonchli baholash mumkin bo‘lmagan, buxgalteriya
hisobini yuritish
usullari muhim deb e’tirof etiladi.
Korxonaning moliyaviy ahvoli, pul mablag‘larining
harakati yoki
faoliyatining natijalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan yoki ko‘rsata oladigan hisob
siyosatini o‘zgartirish oqibatlari pul ifodasida baholanadi. Hisob siyosatini
o‘zgartirish oqibatlarini pul ifodasida baholash
buxgalteriya hisobining
o‘zgartirilgan usuli qo‘llanila boshlagan sanaga,
korxona tomonidan
chiqarilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Hisob siyosatini o‘zgartirish oqibatlarini aks ettirish hisobot davri
uchun tegishli ma’lumotlarni hisobot davridan
oldingi davrdagi moliyaviy
hisobotga kiritishdan iborat. Ko‘rsatilgan tuzatishlar faqat moliyaviy
hisobotda aks ettiriladi. Bunda hech qanday buxgalteriya
yozuvlari amalga
oshirilmaydi.
Hisob siyosatini o‘zgarishini hisob siyosatidan oldingi davrga nisbatan
pulda ifodalash unchalik ishonchli amalga oshirilmaganda buxgalteriya
hisobini yuritishni o‘zgartirilgan usuli faqat bunday usul kiritilgan xo‘jalik
faoliyati faktlarga muvofiq qo‘llaniladi.