424
funksional belgisi bo‘yicha tashkil etilgan buxgalteriyaning taxminiy
tuzilmasi 16.5-rasmda keltirilgan.
Sanab o‘tilganlardan tashqari agrofirmalarda odatda, idishlarni hisobga
olish, asosiy vositalar hisobi, hisob-kitob guruhlari bo‘linib, ularda debitorlar
va kreditorlar
bilan hisob-kitoblar, yig‘ma-analitik guruh va boshqalar
yuritiladi.
Buxgalteriya korxonaning tarkibiy bo‘linmalari bo‘yicha
tashkil
etilganida har bir tarkibiy bo‘linmada (bo‘linma, bo‘lim, yordamchi xo‘jalik
va ishlab chiqarishlar va h.k.) buxgalteriya tashkil etiladi. Bu holda, bunday
buxgalteriyaga katta buxgalterlar tayinlanib, ular o‘z bo‘linmasida
hisobni
tashkil etish bilan mustaqil shug‘ullanadilar. Buxgalteriya apparatini tashkil
etishning bunday shakli juda katta korxonalarda va ishlab chiqarish
birlashmalarida qo‘llaniladi.
Buxgalteriya apparatining ishi korxonaning barcha bo‘limlari
faoliyati
bilan bog‘liq. Buxgalteriya xodimlari ulardan hisobni amalga oshirish uchun
zarur bo‘ladigan u yoki bu ma’lumotlarni oladilar (16.6-rasm).
Tarkibiy
bo‘linmalar
Bo‘linmalar tomonidan taqdim etiladigan
Dostları ilə paylaş: