416
16-bob. BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTINI
TASHKIL ETISH
Inson o‘zidagi iste’dodni amalda
qo‘llash orqaligina anglab olishi mumkin.
Seneka
16.1. Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari va tashkil etishga
qo‘yiladigan talablar
Darslikning 2-Bob 2.2-paragrafida keltirilganidek,
buxgalteriya
hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq
hamda aniq
moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir. Shuningdek,
ushbu maqsadga erishish uchun buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar
qo‘yilgan:
– buxgalteriya hisobi schotlarida aktivlarning holati va harakati,
mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq hamda aniq
ma’lumotlarni shakllantirish;
– samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini
umumlashtirish;
– moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni aniq tuzish.
Agrar korxonalarda buxgalteriya hisobi oldiga qo‘yilgan vazifalar faqat
u to‘g‘ri va oqilona tashkil etilganidagina muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar
butun hisob siyosatining, xususan, hisob
ishlarining orqada qolishi,
hisobotlarni va boshqa axborotlarni taqdim etishda kechikishlarga olib
keladi. Buxgalteriya hisobi va iqtisodga oid axborotlarning vujudga kelishi
hamda undan foydalanish vaqti o‘rtasidagi
katta uzilishlar korxona
faoliyatining samaradorligini oshirishga to‘sqinlik qiladi. Buxgalteriya
hisobini tashkil etishdagi kamchiliklar uning chigallashuviga,
tovar-moddiy
boyliklarning talon-taroj bo‘lishi va boshqa suiiste’molliklar, ma’muriy -
boshqaruv xarajatlarining ko‘payishiga olib keladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish deganda korxonaning moliya-
xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida ishonchli va o‘z vaqtida axborotlar olish hamda
ishlab chiqarish resurslari va tayyor mahsulotlardan foydalanish ustidan
417
nazoratni amalga oshirish maqsadida-hisob jarayonining
shart-sharoitlar
tizimi va ular elementlarining tuzilishi tushuniladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimining asosiy elementlari
dastlabki hisob va hujjatlar aylanishi,
inventarizatsiya, hisob-kitob
ishlarining tashkiliy shakllari, hisobotlarning hajmi va mazmuni hamda hisob
siyosatidan iborat bo‘lishi lozim (16.1 - rasm).
Korxonaning
moliya-xo‘jalik
faoliyatini
boshqarish
talablariga
muvofiq, buxgalteriya apparatining oldiga quyidagi talablar qo‘yiladi :
korxona faoliyati va uning natijalari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli
axborotlarni shakllantirish;
Dostları ilə paylaş: