218
Inventarizatsiyani
to‘satdan
o‘tkazish uning muvaffaqiyatini
ta’minlaydi. Ushbu talabga rioya qilinmagan hollarda moddiy javobgar
shaxslar kamomadlarning o‘rnini to‘ldirib qo‘yish, oshiqcha chiqqan
mol-mulklarni yo‘qotish va mavjud kamomad va oshiqcha mol-mulklar
uchun qalbaki hujjatlar tuzish kabi noqonuniy xatti-harakatlarni amalga
oshirishlari mumkin.
Inventarizatsiya doimo korxona rahbarining buyrug‘i (farmoyishi)
bilan tayinlangan
komissiya ishtirokida
amalga oshirilishi lozim.
Komissiya tarkibi inventarizatsiya turiga qarab aniqlanadi.
Inventarizatsiya o‘tkazish chog‘ida komissiya a’zolari bevosita
amaliy ishtirok etib
, moddiy qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini
tekshirishlari lozim. Inventarizatsiya ro‘yxatlarini buxgalteriya daftar-
laridagi qoldiqlar asosida, moddiy javobgar shaxslarning og‘zaki
ma’lumotlari bo‘yicha, idishlar, qutilar va hokazolarni haqiqiy
tekshirmasdan to‘lg‘azishga ruxsat etilmaydi.
Inventarizatsiya
uzluksiz
o‘tkaziladi. Uni kun davomida uzluksiz
o‘tkazish imkoni bo‘lmagan hollarda «Kalit va plombalagich» qoidasi
qo‘llaniladi. Ya’ni bino komissiya ishtirokida rais tomonidan muhrlanib,
kalitlar moddiy javobgar shaxsda va plombalagich komissiya raisida
qoldiriladi.
Inventarizatsiya jarayonida
Dostları ilə paylaş: