226
–
inventarizatsiya paytida kirim va chiqim hujjatlarining
reestrlarini yoki moddiy qiymatliklar va pul mablag‘lari harakati
to‘g‘risidagi hisobotlarni olish.
Inventarizatsiya komissiyasining raisi reestr(hisobot)larga ilova
qilingan barcha kirim va chiqim hujjatlarini «inventarizatsiyagacha
«___» (sana)» ko‘rsatilgan holda imzolashi lozim. Bu buxgalteriya
xodimlari uchun inventarizatsiya boshlanishiga mulklarning hisob
baholari bo‘yicha qoldiqlarini aniqlashga asos bo‘ladi.
Moddiy javobgar shaxslar inventarizatsiya ro‘yxatlarida inventa-
rizatsiya boshlanishigacha barcha kirim va chiqim hujjatlarini
buxgalteriyaga topshirganligi hamda ularning javobgarligiga olingan
barcha qiymatliklar kirim qilinganligi, berilganlari esa chiqim
qilinganligi to‘g‘risida
tilxat
berishlari lozim.
Mulklarning haqiqatda mavjudligi inventarizatsiya chog‘ida
sanash, tortish va o‘lchash yo‘li bilan aniqlanishi shart. Korxona rahbari
yuklarni tashish va siljitish uchun ishchi kuchi, texnik jihatdan
sozlangan tarozilar, o‘lchov va nazorat asboblari, o‘lchagich idishlar va
boshqa zarur asbob-anjomlar bilan ta’minlashi lozim. Inventarizatsiya
jarayonida
Dostları ilə paylaş: