R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


korxona rahbari yoki uning o‘rinbosari (komissiya raisi);  



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

 
korxona rahbari yoki uning o‘rinbosari (komissiya raisi); 

 
bosh buxgalter; 

 
tarkibiy bo‘linmalar (xizmatlar) boshliqlari; 

 
jamoatchilik vakillari. 
Doimiy faoliyat ko‘rsatadigan inventarizatsiya komissiyasi 
quyidagi funksiyalarni bajaradi: 

o‘tkazilgan inventarizatsiya natijalarini ko‘rib chiqadi; 

kamomadlar, xo‘jasizlik va o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik 
qilgan xodimlarga nisbatan moddiy va intizomiy jazo choralari qo‘llash 
to‘g‘risida korxona rahbariyatiga takliflar kiritadi; 

qayta navlash natijalarini hisobga o‘tkazish masalasini ko‘rib 
chiqadi; 


224 

korxonadagi moddiy qiymatliklar saqlanishini yaxshilash 
bo‘yicha takliflar beradi; 

aniqlangan kamomad va oshiqchaliklar bo‘yicha ma’muriy 
tekshiruv o‘tkazish uchun komissiya tarkibini tavsiya qiladi. 
Inventarizatsiyaga doir ishlar hajmi kam va korxonada taftish 
komissiyasi mavjud bo‘lgan hollarda inventarizatsiya o‘tkazish mazkur 
komissiyaga yuklatilishi mumkin.
Ish hajmi katta bo‘lganda mulklar va moliyaviy majburiyatlarni bir 
paytda 
inventarizatsiya 
qilish 
uchun 
ishchi 
inventarizatsiya 
komissiyalari
tashkil etiladi. Uning tarkibi quyidagicha bo‘lishi 
mumkin: 

korxona bo‘linmasi rahbarining vakili (ishchi komissiya raisi); 

mutaxassislar (iqtisodchi, buxgalteriya xodimi, muhandis, 
texnolog, tovarshunos, omborchi va b.). 
Ishchi inventarizatsiya komissiyalari tarkibiga inventarizatsiya 
qilinadigan mulklarni, baho shakllanish tartibini, dastlabki hisobni va 
hokazolarni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi mumkin. Shu-
ningdek, korxonaning ichki audit bo‘limi va tashqi auditorlik tashkiloti 
mutaxassislari ham jalb qilinishi mumkin. Ishchi inventarizatsiya ko-
missiyalarining soni va tarkibi korxona rahbarining buyrug‘i (farmo-
yishi) bilan tasdiqlanadi (№19-BHMSga 1-ilova). 

tekshirilayotgan asosiy vositalar, tovar-moddiy qiymatliklar, pul 
mablag‘lari, olinadigan va to‘lanadigan schotlar bo‘yicha haqiqiy 
qoldiqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ro‘yxatga aniq va to‘liq kiritish; 

tovar-moddiy qiymatliklarning ajralib turadigan xususiyatlarini 
(navi, tipi, markasi, o‘lchami, bahosi hamda texnik belgilari) 
inventarizatsiya ro‘yxatida to‘g‘ri aks ettirish; 

inventarizatsiya 
natijalarini 
o‘z 
vaqtida 
va 
to‘g‘ri 
rasmiylashtirish hamda korxona buxgalteriyasiga belgilangan tartibda 
taqdim etish. 
Inventarizatsiya komissiyalari a’zolari kamomad va oshiqcha-
liklarni yashirish maqsadida qasddan noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritgan-
liklari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka 
tortiladilar.
Inventarizatsiya boshlanishidan oldin komissiyalar a’zolariga 
buyruqdan ko‘chirma, raislariga esa plombalagich topshiriladi. Buyruq-
da inventarizatsiya o‘tkazish ishlarining boshlanish va yakunlanish 
muddatlari ko‘rsatiladi.


225 
Ishchi inventarizatsiya komissiyalari zimmasiga quyidagi majbu-
riyatlar yuklanadi:

moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larini saqlash joylarida 
hamda ishlab chiqarishni inventarizatsiya qilish; 

korxona buxgalteriyasi xodimlari bilan birgalikda inventari-
zatsiya natijalarini aniqlash, kamomad va oshiqchaliklarni hisobga 
o‘tkazish hamda tabiiy kamayish me’yorlari doirasidagi kamomadlarni 
hisobdan chiqarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish; 

tovar-moddiy qiymatliklar kirimi, saqlanishi va berilishini 
tartibga keltirish hamda me’yordan oshiqcha va ishlatilmayotgan 
qiymatliklarni sotish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; 

obyektlarni tekshirish natijalari bo‘yicha inventarizatsiya 
ro‘yxatlari va dalolatnomalarini rasmiylashtirish. 
Bulardan tashqari, ishchi inventarizatsiya komissiyasi a’zolari 
quyidagilar uchun mas’ul hisoblanadi: 

korxona rahbarining buyrug‘iga muvofiq inventarizatsiya 
o‘tkazish muddatlari va tartibiga rioya qilinishi; 
Inventarizatsiya boshlanish kuniga moddiy qiymatliklar kirimi va 
chiqimiga doir barcha hujjatlarga to‘liq ishlov berilib, analitik hisob 
kartochkalariga yozilgan va qoldiqlar chiqarilgan bo‘lishi lozim.
Inventarizatsiya o‘tkazish chog‘ida komissiya a’zolaridan biror-
tasining ishtirok etmasligi inventarizatsiya natijalarini haqiqiy emas deb 
hisoblashga asos bo‘ladi.
Ishchi inventarizatsiya komissiyasi tovar-moddiy qiymatliklarning 
mavjudligini tekshirishga kirishishdan oldin, quyidagi ishlarni amalga 
oshirishlari lozim:

yordamchi 
xonalar, 
podvallar 
va 
oddiy 
qiymatliklar 
saqlanadigan joylarni plombalash; 

barcha o‘lchov asboblarining to‘g‘riligini va ularning 
tamg‘alash muddatlariga rioya qilinishini tekshirish; 
№19-BHMSga 1-ilova. 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin