240
biri hisoblanadi. Hisob obyektlarining xo‘jalik muomalasini hisobga
qabul qiladigan sanadagi dastlabki bahosi bilan bir qatorda baholashning
boshqa usullari ham qo‘llaniladi. Boshqa baholash usullarini qo‘llash-
ning zarurati eng avvalo inflatsiya jarayonlari bilan bog‘liq.
Shuning
uchun baholashning boshqacha usullaridan foydalanish dastlabki bahoni
real mahsulot, ish va xizmatlarni takror ishlab chiqarish xarajatlarining
hozirgi holatiga yaqinlashtirishga yo‘naltirilgan.
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarida xo‘jalik yurituvchi
subyekt obyektlarini baholashning quyidagi uslublari e’tirof etilgan:
haqiqiy sotib olish qiymati;
tiklash qiymati, ya’ni
tegishli aktivlar turlarining, ularni hozirgi
sharoitda takror ishlab chiqarishga mos keladigan qiymati;
normal bozor konyunkturasidan kelib chiqib, uning oddiy
faoliyati sharoitida sotish mumkin bo‘lgan baho;
diskontlangan qiymat.
Diskontlangan qiymat
muayyan aktivni
foydalanishdan yaqin
kelajakda olinishi taxmin qilinayotgan iqtisodiy naflar yig‘indisidan
iborat. Ayrim hisob obyektlarini bevosita haqiqiy tannarxi bo‘yicha
hisobga qo‘yishga to‘sqinlik qilayotgan boshqa bir sabab, ayrim xo‘jalik
muomalalarining ommaviy tavsifga ega ekanligi hisoblanadi. Bular
asosan moddiy tusdagi, likvidligi yuqori hisoblangan xomashyo, asosiy
materiallar, yoqilg‘i va boshqalar. Ma’lumki, ularning joriy hisobi har
kuni
yuritilib, xo‘jalik muomalalari ko‘p miqdorda sodir bo‘lganida
sotib olish uchun qilingan haqiqiy xarajatlar summasini qayd qilish va
berish paytida darhol schotlarda aks ettirish imkoni hamma vaqt ham
bo‘lavermaydi. Hisob siklining oxiriga kelib dastlabki hisob hujjatlari
bilan
tasdiqlangan, ishlab chiqarish zaxiralarining harakati to‘g‘risida
aniq va to‘liq axborotga ega bo‘linganida, ushbu baholar haqiqiy tannarx
darajasiga yetkaziladi. Baholashni aniqlashtirish hisob-kitobining negizi-
da qat’iy hisob baholarining mazkur zaxiralar haqiqiy qiymatidan chetga
chiqishining o‘rtacha foizini aniqlash yotadi.
Mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar, turli debitorlar va kreditorlar
bilan hisob-kitoblar joriy hisobda dastlabki hisob hujjatlari bilan
tasdiqlangan xo‘jalik muomalalarining mazmunidan kelib chiqadigan
summalarda ko‘rsatiladi.
Ayrim hisob obyektlari bo‘yicha ularning dastlabki, nominal bahosi
real bahosidan yuqori bo‘lgan hollarda bunday obyektlarning qiymati
balansda real bahoda aks ettirilishi lozim.
241
Shunday qilib, eng umumiy ko‘rinishda
baholash iqtisodiy hodisa-
larni pul o‘lchovida ifodalash usulidir.
Alohida hisob obyektlarining real bahosini noto‘g‘ri hisoblash
natijasida iqtisodiy hodisalar faktlari noto‘g‘ri sharhlanadi (interpre-
tatsiyalanadi). Keyinchalik ularni umumlashtirish esa korxona bosh-
qaruv xodimlari tomonidan noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishga olib keladi.
Shunday qilib, haqiqiy tannarx mulklar va majburiyatlarni baho-
lashning asosi bo‘lib hisoblanadi. Uning ko‘lami
muayyan nomdagi
mahsulot, bajarilgan ish yoki xizmat turini ishlab chiqarish hamda sotish
xarajatlarining pulda ifodalanishini bildiradi. Tannarx shakllanishi ichki
xo‘jalik hisob-kitobini tashkil etishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Mahsulot (ish, xizmat) larning sotish bahosi ularning tannarxiga
bog‘liq holda shakllantiriladi. Natijada ishlab chiqarishning rentabelligi
tannarxga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun menejerlar mahsulot(ish,
xizmat)lar tannarxini boshqarishga doimiy e’tibor qaratishlari, baho-
lashning asosiy tamoyillari – reallik va birlik –
hal qiluvchi ahamiyat
kasb etadi.
Baholashning usullari mulklar va majburiyatlarning turlariga
bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: