245
bozor bahosi yoki qabul qilish – topshirish hujjatlarida ko‘rsatilgan
qiymat bo‘yicha baholanadi.
2) asosiy vositalarning qoldiq qiymati ularning dastlabki
qiymatidan eskirish summasini ayirish yo‘li bilan aniqlanadi. Qoldiq
qiymat asosiy vositalarni hisobda haqqoniy baholash uchun qo‘llanilib
korxona balansida ham ular qoldiq qiymat bo‘yicha aks ettiriladi.
Vaqt o‘tishi bilan asosiy vositalarni qoldiq qiymati hozirgi
sharoitda sotib olingan yoki barpo qilingan, shunga o‘xshash asosiy
vositalar qiymatidan farq qiladi. Ushbu farqni bartaraf etish uchun
asosiy vositalar har yili birinchi yanvar holatiga qayta baholanib,
ularning tiklash qiymati aniqlanadi.
3)
Tiklash qiymati
– bu hozirgi sharoitda asosiy vositalarni
(hozirgi baholarda, zamonaviy texnikalar va h.k.) qayta barpo etish
qiymati. Bu qiymati asosiy vositalarning qayta baholash yo‘li bilan
aniqlanadi.
Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini o‘zgartirish qo‘shimcha
qurish, qo‘shimcha jihozlash, rekonstruksiyalash va qisman tugatish
hamda qayta baholash hollarida ruxsat etiladi. O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 31.12.2001-y. 490-sonli «O‘zbekiston Respub-
likasining 2002-yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va
davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida» qaroriga muvofiq xo‘jalik
yurituvchi subyektlar mulkchilik shaklidan qat’i nazar har yili 1-yanvar
holatiga asosiy vositalarni ularning qiymatini joriy baholarga muvo-
fiqlashtirish uchun qayta baholaydilar.
Dostları ilə paylaş: