248
Nazorat savollari
1. Baholash tushunchasini ta’riflang.
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining axborot tizimini
shakllantirish jarayonida baholash qanday o‘rin tutadi?
3. Baholanishi lozim bo‘lgan buxgalteriya
hisobi obyektlariga nimalar
kiradi?
4. Materiallar kirim qilish paytida qanday baholanadi?
5. Materiallarni chiqim qilish paytida qanday baholash usullari
qo‘llaniladi va ularni tavsiflang?
6. Asosiy vositalarni baholashning qanday usullarini bilasiz?
7. Asosiy vositalar obyektining dastlabki qiymati qanday aniqlanadi?
8. Asosiy vositalar obyektining qoldiq qiymati qanday aniqlanadi?
9. Asosiy vositalar obyektining tiklash
qiymati deganda nimani
tushunasiz va uni aniqlashda qanday usullar qo‘llaniladi?
10. Nomoddiy aktivlarni baholashning qanday usullarini bilasiz va
ularni tavsiflang?
11. Tayyor mahsulotlarni baholashning qanday
usullari mavjud va ular
qanday qo‘llaniladi?
12. Savdo korxonalarida tovarlarni baholash usullari va ularning
xususiyatlari qanday?
Dostları ilə paylaş: