1-operatsiya. Mol yetkazib beruvchilarga shartnomaga muvofiq
50% bo‘nak o‘tkazildi.
Dt 4310-«TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar
va pudratchilarga berilgan bo‘naklar» schoti 30 600
Kt 5110-«Hisob-kitob schoti» schoti
30 600
2- operatsiya. Mol yetkazib beruvchilardan quyidagi materiallar
korxonaga keltirilgan, so‘m hisobida:
«A» material – 20000 so‘m (1000 kg x 20 so‘m)
«B» material – 40000 so‘m (1000 kg x 40 so‘m) .
Jami 60000 so‘m
Materiallarni temir yo‘l orqali tashib keltirish qiymati korxona
hisobiga mol yetkazib beruvchilar tomonidan to‘langan. 1200 so‘m
H a m m a s i : 61200 so‘m
Materiallarning shartnoma narxlari bo‘yicha sotib olinishi
dastavval 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schotining
debetiga yoziladi. Materiallarni temir yo‘l orqali tashib keltirish uchun
transport-tayyorlov xarajatlarining summasi ham ushbu schotga olib
boriladi. Lekin ushbu summalar alohida kolonkalarda aks ettiriladi
(1510-schot). Ushbu muomala bo‘yicha 6010-«Mol yetkazib beruvchilar
va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schoti kreditlanadi. Chunki, bu
schot passiv bo‘lib, sotib olingan materiallar uchun mol yetkazib
beruvchilarga to‘lanadigan qarzlarning ko‘payishi uning kreditida aks
ettiriladi. Shunday qilib, mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan
qarzlarning umumiy summasi 61200 so‘mni tashkil etadi.
Dt 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schoti
61200 so‘m.
Kt 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga
to‘lanadigan schotlar» schoti
61200 so‘m.
Ushbu muomalani rasmiylashtirishda 1510-«Materiallarni tayyor-
lash va xarid qilish» schotida sotib olingan materiallarning shartnoma
narxlari bo‘yicha qiymati – 60000 so‘m va transport-tayyorlov
xarajatlari – 1200 so‘m alohida aks ettiriladi.