R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

ТТХ
b
х
о
j
хК
М
ТТХ
/
.
.
, ( 2) 
M
j.o.x/b
– joriy oyda hisob bahosi bo‘yicha sarflangan materiallar qiymati. 
Bundan sarflangan materiallarning haqiqiy tannarxini (HT
s.m.

quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin: 
HT
s.m.
qM
j.o.h/b
QΣTTX, (3) 
Ta’minot jarayoni korxonaning ta’minot rejasi (grafigi) asosida 
amalga oshiriladi. Uning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: 
korxona tomonidan sotib olinadigan tovar-moddiy qiymatliklarning 
miqdori, muddati, turlari va hokazo. Shu munosabat bilan ta’minot 
jarayonini hisobga olishning asosiy vazifalari ta’minotning haqiqiy 
hajmini va sotib olinadigan tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqiy 
tannarxini aniqlashdan iborat. Buxgalteriya hisobining analitik va 
sintetik schotlari tizimida sotib olinadigan tovar-moddiy qiymatlik-
larning miqdori va turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllanib, ular 
ta’minot jarayonini miqdor va qiymat jihatidan nazorat qilishni 


273 
ta’minlaydi. Shuningdek, buxgalteriya hisobi tizimidan korxonaning 
barcha turdagi tovar-moddiy qiymatliklarini sotib olish hajmi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham olish mumkin. 
Tovar-moddiy 
qiymatliklarni 
hisobga 
olish 
uchun 
1000-
«Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» (1010-«Xomashyo va 
materiallar», 1020-«Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi 
buyumlar», 
1030-«Yoqilg‘ilar», 
1040-«Ehtiyot 
qismlar», 
1050-
«Qurilish materiallari», 1060-«Idish va idish materiallari» va boshqa 
schotlar) mo‘ljallangan. Tovar-moddiy qiymatliklarni sotib olish uchun 
tuzilgan shartnomaga muvofiq xaridor mol yetkazib beruvchiga 
ko‘rsatilgan summaning kamida 15%ini oldindan to‘lov yo‘li bilan 
o‘tkazib berishi lozim. Buning uchun xaridor bankka to‘lov 
topshiriqnomasi (shartnoma va mol yetkazib beruvchi taqdim qilgan 
schot-fakturani ilova qilgan holda) taqdim etadi. So‘ngra mol yetkazib 
beruvchining yukni kuzatuvchi hujjatlariga muvofiq xaridor korxonada 
kirim hujjatlari rasmiylashtirilib, omborga kirim qilinadi va xarid 
narxiga yuqorida qayd qilingan schotlardan tegishlisi debetlanadi. 
Tovar-moddiy qiymatliklarga tegishli transport-tayyorlov xarajatlari 
ham ushbu schotlarga olib boriladi. Shunday qilib, tovar-moddiy 
qiymatliklarni hisobga oladigan schotlarning debet oboroti ta’minotning 
haqiqiy hajmini, ya’ni hisobot davri ichida haqiqatan olingan tovar-
moddiy qiymatliklarning umumiy summasini, ularning haqiqiy tannarxi 
bo‘yicha aks ettiradi. Ushbu schotlarning kreditida esa, tovar-moddiy 
qiymatliklarning haqiqiy tannarx bo‘yicha sarflanishi ko‘rsatiladi. 
Ularning qoldiqlari faqat debet tomonida bo‘lib, tovar-moddiy 
qiymatliklarning haqiqiy tannarxi bo‘yicha omborda mavjudligini 
bildiradi. 
Ta’minot jarayonini boshqarish uchun tayyorlangan tovar-moddiy 
qiymatliklarning umumiy hajmi ko‘rsatkichidan tashqari keltirilgan 
materiallarning har bir turi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham zarur. Bunday 
ma’lumotlar analitik schotlar yordamida olinadi. 
Analitik hisobda, qoidaga ko‘ra, tegishli material turining 
shartnoma bahosi bo‘yicha qiymati ko‘rsatiladi. Tovar-moddiy 
qiymatliklarning harakatini aks ettiradigan dastlabki hujjatlarda faqat 
materiallarning shartnoma bahosi bo‘yicha qiymati ko‘rsatiladi. 
Transport-tayyorlov xarajatlari esa barcha materiallarga taalluqli jami 
summasi bilan yoziladi. Ushbu xarajatlarning har bir material turiga 
to‘g‘ri keladigan ulushi oy oxirida bir marta hisob-kitob yo‘li bilan 


274 
aniqlanib, alohida material turlarining haqiqiy tannarxini aniqlash 
uchun, ularning shartnoma baholari bo‘yicha qiymatiga qo‘shiladi. 
Korxonaning mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblari 4300-
«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklarni 
hisobga oluvchi schotlar» (4310, 4320, 4330) va «Mol yetkazib 
beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar»da (6010, 6020) aks 
ettiriladi. 4300-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan 
bo‘naklarni hisobga oluvchi schotlar» aktiv bo‘lib, ularning debetida 
tovar-moddiy qiymatliklar, uzoq muddatli aktivlarning yetkazib berilishi 
va ishlarning bajarilishi uchun o‘tkazilgan bo‘naklar aks ettiriladi. 6000-
«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» 
(6010, 6020) passiv bo‘lib, ularning kreditida korxonaning turli mol 
yetkazib beruvchi va pudratchilardan olingan tovar-moddiy qiymatliklar, 
bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va boshqa aktivlar uchun joriy 
qarzlari aks ettiriladi. Bu schotlarning debetida to‘langan summalar, 
ya’ni mol yetkazib beruvchilarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzlarning 
kamayishi 
ko‘rsatiladi. 
6010-«Mol 
yetkazib 
beruvchilar 
va 
pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» (6010, 6020) schotining kredit 
qoldig‘i mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanishi lozim 
bo‘lgan qarzlarning joriy qismini bildiradi. 
Ta’minot jarayoniga oid xo‘jalik muomalalarini hisobda aks 
ettirishga doir misollarni ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, korxonada 1-
yanvar 2020-yil holatiga materiallarni hisobga oluvchi schotlarning 
qoldiqlari quyidagicha: 
1010-«Xomashyo va materiallar» schoti 100000 so‘m. 
shu jumladan:
materiallarning jami summasidan, so‘m hisobida: 
«A» material (3000 kg x 20 so‘m) 60000 so‘m.
«B» material (1000 kg x 40 so‘m) 40000 so‘m. 
Jami : 100000 so‘m. 
5110-«Hisob-kitob schoti» 90000 so‘m. 
6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 
to‘lanadigan schotlar» 12000 so‘m. 
Mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq 
korxonaga 61200 so‘mlik schot taqdim qilingan. Jumladan: 
«A» material – 20000 so‘m (1000 kg x 20 so‘m) 


275 
«B» material – 40000 so‘m (1000 kg x 40 so‘m) . 
Jami 60000 so‘m 
Materiallarni temir yo‘l orqali tashib keltirish
qiymati korxona hisobidan qoplanadi 1200 so‘m 
H a m m a s i : 61200 so‘m 
Mazkur korxonada aprel oyi davomida quyidagi ta’minot 
jarayoniga oid muomalalar sodir bo‘lgan. 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin