3-operatsiya. Materiallarni temir yo‘l stansiyasidan korxona
omboriga tashib keltirganligi uchun transport tashkilotiga 3000 so‘m
hisoblandi. Ushbu summa transport-tayyorlov xarajatlarini aks ettiradi
va olingan materiallarning haqiqiy tannarxiga qo‘shilishi lozim. Ushbu
xarajatlarning ko‘payishi 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish»
schotining debetida ham yozilishi mumkin. Ushbu summaga 6010-«Mol
yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schoti
kreditlanadi, chunki uning kreditida transport tashkilotiga bo‘lgan
qarzning ko‘payishi aks ettiriladi.
Dt 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schoti 3000
so‘m
Kt 6010-«Mol yetkazib beruvchilar
va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schoti … … 3000 so‘m
4- operatsiya. Sotib olingan materiallar shartnoma bahosi bo‘yicha
(60000 so‘m) omborga kirim qilindi. Ularning kirimi 1010-«Xomashyo
va materiallar» aktiv schotining debetida aks ettiriladi. 1510-
«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schoti debetida avval aks
ettirilgan faktura qiymati (60000 so‘m) uning krediti bo‘yicha hisobdan
chiqariladi.
D-t 1010-«Xomashyo va materiallar» schoti
– 60000 so‘m.
K-t 1510-«Materiallarni tayyorlash va
xarid qilish» schoti
–
60000 so‘m
Muomalalarni sintetik schotlarda aks ettirish bilan bir vaqtning
o‘zida «A» va «B» materiallarni hisobga oladigan analitik schotlarda
ham ularning ulgurji baholari bo‘yicha, ya’ni «A» material – 20000
so‘m va «B» material 40000 so‘m aks ettiriladi.
5-operatsiya.. Mol yetkazib beruvchilardan olingan materiallar
bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlariga to‘g‘ri keladigan farq summa
(4200 so‘m) aniqlandi (2-muomala bo‘yicha 1200 so‘m + 3-muomala
bo‘yicha 3000 so‘m). Ushbu summa 1510-«Materiallarni tayyorlash va
xarid qilish» schotining debet oboroti (64200 so‘m) va kredit
oboroti(60000 so‘m)ni solishtirish natijasida aniqlanadi. Mazkur schotni
yopishda farq summa (4200 so‘m) 1610-«Materiallar qiymatidagi
farqlar» schotining debetiga olib boriladi, ya’ni:
277
D-t 1610-«Materiallar qiymatidagi
farqlar» schoti
4200 so‘m
K-t 1510-«Materiallarni tayyorlash
va xarid qilish» schoti
4200 so‘m