335
12.8. Buxgateriya hisobining soddalashtirilgan shakli
Mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatishning oddiy
texnologik jarayoniga ega va xo‘jalik muomalalari kam miqdorda sodir
bo‘ladigan kichik biznes subyektlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vaziriligi №20 «Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan hisobni
soddalashtirib yuritish va hisobotlarni tuzish tartibi to‘g‘risida» Buxgalteriya
hisobi milliy standarti (BHMS) qabul qilingan.
Buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shaklini
tashkil etish har bir
kichik biznes subyekti tomonidan, «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya
xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schotlar rejasi» (№21 BHMSning
1-ilovasi) asosida ishlab chiqiladigan soddalashtirilgan (ishchi)
schotlar
rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunday schotlar rejasi xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalarini
buxgalterlik hisob registrlarida asosiy schotlar olib borishni ta’minlaydi va
shu asosda buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining aniqligi ustidan nazorat
qilinadi.
Soddalashtirilgan (ishchi) schotlar rejasidagi ayrim schotlar, o‘z vazifalari
bilan birga bu rejaga kiritilmagan schotlarning funksiyalarini
ham bajarishi
nazarda tutilgan.
Soddalashtirilgan (ishchi) schotlar rejasida taklif qilingan schotlar guruhi
fermer xo‘jaligining moliyaviy holati to‘g‘risidagi buxgalteriya balansini
tuzish qoidalariga muvofiq, uning mablag‘lari va mablag‘lar
manbalarining
miqdori hamda xo‘jalik faoliyati xususiyatidan kelib chiqqan holda tuziladi
(12.10-jadval).
Kichik tadbirkorlik subyektlari uchun tavsiya etiladigan buxgalteriya
hisobining soddalashtirilgan (ishchi) schotlar rejasi (namuna)
12.10-jadval
Schotlar
Schotlarning nomi
Schotlar
turi
0110-
0199
Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schotlar
A
0211-
0299
Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schotlar
KA
0310
Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy
vositalar
A
0810-
0890
Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schotlar
A
1010-
Materiallarni hisobga oluvchi schotlar
A
336
1090
1110-
1120
O‘stirilayotgan va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi
schotlar
A
2010
Asosiy ishlab chiqarish
A
2810
Ombordagi tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schotlar
A
4010
Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar
A
4210
Mehnat haqi bo‘yicha berilgan bo‘naklar
A
5010
Kassa
A
5110
Hisob-kitob schoti
A
5210
Mamlakat ichidagi valuta schoti
A
5810
Qimmatli qog‘ozlar
A
6010
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan
schotlar
P
6310
Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar
P
6510
Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar
P
6520
Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar
P
6710
Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar
P
6810
Qisqa muddatli bank kreditlari
P
6910
To‘lanadigan qisqa muddatli ijara haqi
P
7910
To‘lanadigan uzoq muddatli ijara haqi
P
8300
Ustav kapitalini hisobga oluvchi schotlar
P
8400
Qo‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi schotlar
P
8500
Rezerv kapitalini hisobga oluvchi schotlar
P
9010
Mahsulotlarni sotishdan daromadlar
T
9110
Sotilgan tayyor mahsulotlar tannarxi
T
9900
Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schotlar
T
- tegishli zarur schotlar qo‘llaniladi.
Kichik tadbirkorlik subyektlari mulkchilik shakllari va qaysi tarmoqqa
tegishliligiga qarab bir-biridan farq qiladilar. Shuning uchun ular o‘zlarining
ishchi schotlar rejasini tuzishda tavsiya qilinayotgan
schotlar rejasidan
namuna sifatida foydalanishlari mumkin.
Ayrim kichik tadbirkorlik subyektlari o‘zining ishchi schotlar rejasini
ishlab chiqishda ishlab chiqarish xarajatlari,
olingan mahsulotlar, tannarxni
hisoblash, daromadlar va mahsulot(ish, xizmat)larni sotishning moliyaviy
natijasini hisobga olishda o‘z faoliyatining muayyan
shart-sharoitlaridan
kelib chiqishlari kerak.
Kichik tadbirkorlik subyekti o‘z faoliyatini hisobga olish uchun ishchi
schotlar rejasini qabul qilgani(tasdiqlagani)dan so‘ng soddalashtirilgan hisob
tizimi tavsiyalarida taklif etilgan buxgalteriya hisobi shakllaridan o‘ziga
mosini tanlaydi.
337
Kichik
tadbirkorlik
subyektlarida
buxgalteriya
hisobining
soddalashtirilgan shakli ikkita yo‘nalishda tashkil etilishi mumkin.
1.
Buxgalteriya hisobining oddiy shakli (hisob registrlaridan foydalan-
masdan yuritiladi).
2.
Tegishli obyektlar bo‘yicha hisob registrlari (namunaviy shakldagi V-1,V-
11 vedomostlardan foydalangan holda) yuritiladigan shakl.
Bayon qilinganlarni umumlashtirish asosida oilaviy (yakka)
kichik
tadbirkorlik subyektlari hisobning oddiy usuli soddalashtirilgan shakli
bo‘yicha buxgalteriya hisobini yuritish tizimini quyidagi sxema orqali
ifodalash mumkin(12.7-rasm).
Dostları ilə paylaş: