R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

ar
tnomalar
n
i, 
jo‘
n
atilad
igan
 va k
eli
b
 
tush
ad
iga
n
 h
u
jj
atlar
n

ro‘yxa
tga o
li
sh
 d
aft
ar
i


338 
mahsulot ishlab chiqarish yoki ish bajarish bilan shug‘ullanilmasa tashkil 
etiladi. Bunda quyidagi hisob registrlaridan foydalaniladi: 

Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish vedomosti (V-1); 

Pul mablag‘larini hisobga olish vedomosti (V-2); 

Tovar yetkazib beruvchilar bilan hisoblashuvlarni hisobga olish 
vedomosti (V-3); 

Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishni hisobga olish vedomosti (V-
4); 

Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish vedomosti (V-5); 

Mehnatga haq to‘lashni hisobga olish vedomosti (V-6); 

Hisobot davrida xarajatlarni hisobga olish vedomosti (V-7); 

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishini hisobga olish 
vedomosti (V-8); 

Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisoblashuvlarni hisobga olish 
vedomosti (V-9); 

Umumlashtiruvchi vedomost (V-10 va V-10-A). 
Yuqorida sanab o‘tilgan vedomostlarning har biri, qoidaga ko‘ra 
buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan schotlarning bittasi bo‘yicha 
muomalalarni hisobga olish uchun qo‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobning soddalashtirilgan shaklini qo‘llash sharoi-tida, 
xo‘jalik muomalasi shaxmat yozuvi ko‘rinishida bir marta yoziladigan 
jurnal-orderdan farqli bo‘lib, har bir xo‘jalik muomalasi ikkita usul bilan 
rasmiylashtiriladi: bitta vedomostda – schotning debeti bo‘yicha yozuv, 
kreditlanuvchi schotni ko‘rsatgan holda («korres-pondensiyalanuvchi schot» 
grafasida), boshqasida esa korrespon-densiyalanuvchi schotning krediti 
bo‘yicha bir vaqtning o‘zida debetlanuvchi schotni ko‘rsatilgan holda.
Ushbu vedomostlarning jami umumlashtiruvchi shaxmat vedomostini 
(V-10-A) to‘ldirish uchun asos bo‘lib, unda tegishli vedomostda ko‘rsatilgan 
har bir schotning debeti va krediti bo‘yicha yozuvlar aks ettiriladi. 
Umumlashtiruvchi shaxmat vedomostining mazmuni gorizont bo‘yicha 
vedomostlarning nomerlarini ularning o‘sib borish tartibida, vertikal 
bo‘yicha esa schotlar raqamlarining o‘sib borish tartibi va nomlaridan iborat. 
Yozuvlar vedomostlardan tegishli schotlar bo‘yicha kredit oborotlarini 
«Korrespondensiyalanuvchi schot» grafasi bo‘yicha ushbu oborotlarni 
tegishli schotlarning debetiga tarqatib yozish (raznoska) yo‘li bilan amalga 
oshiriladi.
Shaxmat 
vedomosti 
qo‘llaniladigan 
schotlar 
bo‘yicha 
oylik 
umumlashtiruvchi registr hisoblanadi va nazorat ahamiyatiga ega. U nafaqat 
joriy oy uchun axborotlarni umumlashtirish maqsadida, balki buxgalteriya 


339 
hisobi schotlari bo‘yicha amalga oshirilgan yozuvlarning to‘g‘riligini o‘zaro 
tekshirish uchun ham xizmat qiladi. Xususan, bu tarqatib yozish vaqtida 
aniqlanib, uning natijasida har bir schot bo‘yicha jamlangan debet summasi 
mazkur schot bo‘yicha tegishli vedomostda aks ettirilgan debet oboroti 
summasiga teng bo‘lishi lozim.
Har bir schotning debeti bo‘yicha aniqlangan jami summalar 
qo‘shiladi. Aniqlangan natija schotlarning krediti bo‘yicha umumiy oborotlar 
summasiga teng bo‘lishi lozim. Har bir schot bo‘yicha debet va kredit 
oborotlari oborot vedomostiga o‘tkazilib, unda har bir schot bo‘yicha hisobot 
davridan keyingi oyning birinchi sanasiga qoldiq chiqariladi (12.8-rasm).

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin