463
qo‘shimcha kiritishlar) ta’sirini hisobga olmasdan moliyaviy natijalarni
hisoblashga imkon bergan:
yoMN = (A
1
-M
1
) – (A
0
–M
0
), (7)
Moliyaviy natijani aniqlash balansi mulkdorlar va menejment
manfaatlarini ifoda etadi. Bunday balansni tuzishdan maqsad – moliyaviy
natija (foyda yoki zarar) orqali qo‘yilgan kapital samaradorligini aniqlash
va boshqaruv sifatini tahlil qilishdan iborat. Bundan kelib chiqadi-ki,
bunday balans faqat moliyaviy natija shakllanishida ishtirok etuvchi mol-
mulklarni, ya’ni professional mulklarni aks ettirishi kerak. Bu yerda
J.P.Savari dinamik buxgaletriya hisobining asosiy printsipilaridan biri –
alohida korxona (alohida mulk) ka asos solgan.
Moliyaviy natija (kapital qo‘yilishi samaradorligi) balansini tuzishda
korxonani real tugatishga olib keluvchi xo‘jalik operatsiyalarining
oqibatlarini va kreditorlar oldidagi qarz majburiyatlarini qoplash uchun
uning mol-mulklarini sotib yuborishni tadqiq qilish zarurati bo‘lmaganligi
sababli, ushbu mol-mulklardan foydalanish samaradorligi birinchi o‘ringa
chiqadi. Shuningdek mol-mulklarni sotish mumkin bo‘lgan yoki sotish
baholarida baholashga zarurat bo‘lmaydi. Aynan shu sababli J.P.Savari
mol-mulklar hisobini tarixiy baho – mol-mulklarni sotib olish yoki haqiqiy
ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha yuritishni taklif qilgan.
Asosiy (birlamchi) maqsadi aniq sanada barcha mol-mulklarni sotish
kreditorlik qarzlarini to‘lash uchun zarur bo‘lgan summaga ega bo‘lish
imkonini (mulkdorning mulkiy ahvolini) aniqlash, ikkilamchi maqsadi
moliyaviy natijani aniqlashdan iborat bo‘lgan buxgalteriya hisobi
Dostları ilə paylaş: