R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə291/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

Ришар Ж.
Бухгалтерский учет: теория и практика. - М.: Финансы и статис¬ тика, 2000. 
23


453 
Safar yakunlanganidan keyin tovarlarni sotishdan tushum va kemani qayta 
sotishdan daromadlar ushbu schyotga yozilgan. Agar savdogar kemani 
(transport vositasini) keyingi safarlarga foydalanish uchun olib qolsa, u 
sotish mumkin bo‘lgan baho bo‘yicha baholangan. 
Savdogar-dengizchilar tijorat safarining muddati doimiy bo‘lmagan va 
u yakunlangandan keyin faoliyat natijasi aniqlanib, soliqlar to‘langan va 
mulkdorlar o‘rtasida foyda taqsimlangan. 
Biroq, buxgalteriya hisobi tarixida moliyaviy natijalarni aniqlash va 
sheriklik bitimining muddati tugaganidan keyin mulkdorlar o‘rtasida foyda 
taqsimlanishi bo‘yicha bundanda qadimiyroq dalillar mavjud. Professor 
R.De Ruver guvohlik berishicha, Florentsiyadagi Alberti kompaniyasida 
1302-yildan boshlab 1329-yillargacha «daromad yoki zararni hisoblash, 
keyinchalik ularning schyotlarini kreditlash yoki ulardan tegishli summalarni 
hisobdan chiqarish yo‘li bilan hamkorlar o‘rtasida taqsimlash uchun 
moliyaviy hisobotlar muntazam ravishda tuzilmagan. 
Daromadlar taqsimlanishi oralig‘ida bir yildan besh yilgacha vaqt 
o‘tgan. Bu vaqt oralig‘ida shirkatga bitta ham yangi a’zo (hamkor) qabul 
qilinmagan hamda hech kimga shirkatdan chiqish va kapitaldagi ulushini 
olishga ruxsat berilmagan. Hatto hamkorlardan birortasi vafot etganida ham 
shirkatdan avtomatik ravishda chiqarilmagan hamda uning merosxo‘rlari 
o‘zlariga tegishli bo‘lgan foydani va kapitaldagi ulushini olish uchun keyingi 
daromadni taqsimlashni kutishga majbur bo‘lishgan. Ko‘rinib turibdiki, 
kompaniyaning har bir xo‘jalik faoliyati yakunlanganida shirkat haqidagi 
shartnomani tiklash yoki uzaytirish amalga oshirilgan. Daromadlarni 
taqsimlash tartibi shartnoma bandlari bilan oldindan belgilab qo‘yilgan va 
shartnoma kuchda bo‘lgan davrda o‘zgartirilmagan. …. Foyda debitorlar, 
ombordagi tovarlar va kassadagi pul mablag‘larini hisobga olgan holdagi 
korxonaning barcha mablag‘laridan majburiyatlar va kiritilgan kapitalning 
jamini ayirish orqali aniqlangan»
24
[2. - S.23-27]. 
Moliyaviy natijani hisoblash formulasini quyidagicha yozish mumkin: 
yoMN= A
1
-(M
1
+UK
0
) (1) 
Bu yerda: A
1
– shirkat haqidagi shartnomaning tugallanish vaqtidagi 
mulklar qiymati; 
M
1
– shirkatning qarz majburiyatlari; 
UK

- shirkat ishtirokchilari tomonidan u tashkil qilinganida kiritilgan 
ustav kapitali. 
24
Рувер Р. де.
Как возникла двойная бухгалтерия. — М.: Госфиниздат, 1958. 


454 
Shirkat tugatilayotgan vaqtidagi mulklar qiymati va qarz majburiyatlari 
o‘rtasidagi farq mulklarning sof qiymatini (qarzlar qoplanganidan keying 
korxona mulklaridagi mulkdor ulushini) yoki mulkdor kapitalini (KS
) ifoda 
qilishini hisobga olsak, tenglama quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi: 
yoMN= (A
1
+M

)- UK
0
(2) 
Yoki 
yoMN= UK

- UK
0
, (3) 
Ya’ni, moliyaviy natija shirkat haqidagi shartnoma muddatida 
boylikning ko‘payishi (kamayishi)ni ifodalaydi. 
Professor R.De Ruverning yozishicha, undan keyin «ushbu daromadlar 
ish haqi uchun zarar summa zaxiraga olinganidan keyin hamkorlar o‘rtasida 
taqsimlangan. Bitta jihatini alohida ta’kidalash kerak: daromadlarni 
taqsimlashda barcha tovarlar qoldigi inventarizatsiya qilingan». Del Bene va 
Bardi kompaniyalarida ham foyda xuddi shu tarzda taqsimlangan
25
[2] 
O.O.Vinjumning ta’kidlashicha
26
[3. - S. 214], investor davri
(buxgalteriya ma’lumotlaridan asosiy foydalanuvchi sifatida) muddatsiz 
aktsionerlik jamiyztlari shakllanishi bilan boshlangan. Bu borada 
E.S.Xendriksen va M.V.Von Bredi quyidagilarni yozadi: “yirik va ko‘p 
mablag‘ talab qiladigan korxonalarni moliyalashtirish zaruriyati Italiya 
shirkatlarida rivojlangan va zamonaviy korporatsiyalarning o‘tmishdoshi 
bo‘lgan aktsionerlik jamiyatlari shakllanishiga olib keldi. Moliyalashtirish 
ishtirokchilari korxona kapitalidagi ulushiga mutanosib (proportsional) 
ravishda aktsiya olgan hamda tugaganidan keyin har bir aktsioner agar foyda 
mavjud bo‘lsa, o‘z ulushi bilan birga foydadan tegishli ulushini qaytarib 
olgan.”
27
[4. –S, 33-34] 
Foyda va mulklarni taqsimlashning bunday tartibi Rim huquqi 
(Bolonya, XII asr) qonunlari asosida vujudga kelgan tamoyillar talablariga 
mos kelardi. Ular orasida 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin