R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


Fyodor Venediktovich Yezerskiy



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə287/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

Fyodor Venediktovich Yezerskiy
(1836–1916) – Hisob 
maktabining ilmiga ulkan hissa qo‘shgan olimlardan – rus 
buxgalteri, hisobshunoslikning uch yoqlama shaklini kashf etgan. 
U hisobni korxona mablag‘larining doiraviy aylanishini aks 
ettirish uchun yetarli bo‘lgan uchta: «Qiymatliklar», «Pullar» va 
«Kapital» schotlariga birlashtirgan. Yezerskiy uch yoqlama 
hisobshunoslik istalgan vaqtda mulkdorga korxona moliyaviy 
natijasini taqdim etish va korxona o‘z xarajatlarini qoplaydigan 
hamda sof foyda olib boshlaydigan sanani belgilashga yordam 
berishi tufayli ikkiyoqlama yozuvning kamchiliklarini bartaraf 
etadi deb hisoblagan. U tovarlar ustamasini hisobga olish 
maqsadga muvofiqligini va uni statistik hisob-kitob qilish 
mumkinligini ko‘rsatgan. 


447 
Yaroslav Vyacheslavich Sokolov (1938-yilda tug‘ilgan) – buxgalterlar 
sulolasining uchinchi avlodi, Rossiya professional buxgalterlari institutining 
prezidenti, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni isloh qilish bo‘yicha 
idoralararo komissiya raisining muovini. U 1959-yili F.Engels nomli 
Leningrad savdo institutining hisob-iqtisod fakultetini tamomlagan. 1976-
yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va shu yilning kuzida unga 
professor ilmiy unvoni berilgan. Uning ilmiy qiziqish sohasi buxgalteriya 
hisobining fundamental asoslarini va uning rivojlanish tarixini tadqiq qilish 
bilan bog‘liq. Y.V.Sokolov 300 dan ortiq ilmiy asarlar muallifi bo‘lib, bu 
asarlarning ko‘pchiligi AQSH, Xitoy, Shvetsariya, Polsha, Chexiya va 
dunyoning boshqa mamlakatlarda chop etilgan. 
Y.V.Sokolov o‘quv-uslubiy ishlarga va buxgalteriya hisobi va nazorat 
sohasidagi ilg‘or g‘oyalarni targ‘ib qilishga katta e’tibor berib kelmoqda, 
ommaviy axborot vositalarida buxgaterlik kasbining obro‘-sini ko‘tarishga 
qaratilgan chiqishlari bilan qatnashmoqda. 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin