443
1673-yilda Fransiyaning Tijorat Kodeksiga muvofiq har bir korxona
ikki yilda bir marta balans tuzishi talab qilingan. Shu tariqa moliyaviy
hisobotning asosiy foydalanuvchisi – investorlar davri vujudga kelgan.
17.4.
Germaniya maktabi
XX asrning birinchi yarmida Germaniya buxgalterlar maktabi ustunlik
qila boshlagan.
Ularning yorqin namoyondalaridan biri I.F.Sher bo‘lib, u buxgalteriya
hisobining asosini schotlar emas, balki balans tashkil etadi deb hisoblagan. U
buxgalteriya hisobining tuzilishi va mazmunini umumiylikdan xususiylikka
qarab o‘rgangan.
Italiya maktabi ham, fransiya maktabi ham xususiylikdan umumiylikka
tomon harakatlangan. I.F.Sher tomonidan yaratilgan hisob nazariyasi balans
nazariyasi deb atalgan.
I.F.Sher kapital tenglamasini ishlab chiqqan:
A-M=K (Aktiv – Majburiyat = Kapital)
Ushbu tenglama Sher postulati deb ataladi. Uning mazmuni korxona
kapitali uning aktivlari va majburiyatlari o‘rtasidagi farq sifatida
aniqlanishini bildiradi. Bundan balans tenglamasi keltirib chiqarilgan.
A=K +M (Aktiv = Kapital + Majburiyat)
Shunday qilib, I.F.Sher nazariyasiga ko‘ra, har qanday hisobchilikning
asosini balans tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: