442
U xronologik jurnalni murakkab yozuvlarni aks ettirish uchun qulay
qilish maqsadida unga summalar uchun ikkita ustun (xususiy va umumiy)
kiritgan.
Keyinchalik A.Mendels (1803 y.) va E.Degranj (1802 y.) buxgalterlik
amaliyotiga xronologik va sistematik yozuvlarni kiritish zarurligini
asoslagan. A.Mendels xo‘jalik operatsiyalarini ro‘yxatga olish jurnalidagi
oborotlar yig‘indisining bosh daftardagi debet oborotlar va kredit oborotlar
yig‘indisiga teng bo‘lishi lozimligini asoslagan.
J.P.Savari zamonaviy buxgalteriya hisobining asosiy tushun-chalaridan
biri: schotlarning sintetik schotlar va analitik schotlarga; hisob registrlarining
sintetik va analitik hisob registrlariga bo‘linishini asoslagan. U ikkita
postulat ishlab chiqqan:
1) barcha analitik schotlar qoldiqlarining yig‘indisi ular qaysi sintetik
schotga taalluqli bo‘lsa, uning qoldig‘iga teng bo‘lishi kerak;
2) barcha analitik schotlarning debet va kredit oborotlari summasi ular
qaysi sintetik schotga taalluqli bo‘lsa, uning debet va kredit oborotiga teng
bo‘lishi lozim.
J.B.Dyumarshe hisobchilikning integral shaklini ishlab chiqqan. Uning
mazmuni shundan iboratki, birinchi darajali har bir schotga debet va kreditga
ajratish uchun ikkita sinxronistik yozuv jurnali ochilishi lozim. Ushbu shakl
buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklini yaratish uchun katta ahamiyat
kasb etgan. Bu shakl bo‘yicha schotning debet oboroti kreditlanuvchi
schotlar ko‘rsatilgan holda vedomost tomonida, kredit oboroti esa
debetlanuvchi schotlar ko‘rsatilgan holda jurnal-order tomonida aks
ettiriladi. Shuningdek, J.B.Dyumarshe Buxgalterlar xalqaro gerbining
asoschisi ham hisoblanadi.
Fransiyalik olimlar Ye.Leote va A.Gilbio schotning uchta:
hisobchilik,
ijtimoiy va iqtisodiy
funksiyalarini ilgari surgan.
Dostları ilə paylaş: