R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə278/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

17
Bob
Moziyga qaytib ish ko‘rish xayrlik, 
deydilar.
Abdulla Qodiriy
BUXGALTERIYA HISOBI 
RIVOJLANISHINING
TARIXIY JIHATLARI 
Ushbu bobni o`rganish natijasida Siz: 
- b
uxgalteriya hisobining tarixiy taraqqiyoti to‘g‘risida 
umumiy ma’lumotlar; 
- Italiya maktabining asoschilari, Fransiya maktabining 
vakillari, Germaniya maktabi, Anglo-amerika maktabi, 
Rossiya maktabi, Mustaqillik yillarida hisob ilmining 
rivojlanishi 
to`grisida bilimlarga


tarraqiy etgan maktablarda hisob ilmi rivojlanishidagi o‘rni 
va ahamiyatini baholash bo‘yicha
ko`nikmalariga ega 
bo`lasiz.


436 
17-bob. BUXGALTERIYA HISOBI RIVOJLANISHINING
TARIXIY JIHATLARI 
 
Moziyga qaytib ish ko‘rish xayrlik, deydilar.
Abdulla Qodiriy 
17.1. Buxgalteriya hisobining tarixiy taraqqiyoti to‘g‘risida
umumiy ma’lumotlar 
 
«Tarix – bu o‘tmishga oid fakt va hodisalar majmui»
15
.Tarix hamisha 
odamlar e’tiborini jalb etib kelgan. Har bir odam uchun o‘z Vatanining, o‘z 
oilasining va o‘z kasbining tarixini bilishi muhim ahamiyatga ega.
Vatanimiz jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini topgan 
hozirgi paytda har bir kasbning, jumladan, buxgalterlik hisobining ham 
tarixini o‘rganish zarurligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘tmish 
tajribasini puxta bilgan buxgalter yillar o‘tib o‘z kasbining piriga aylanadi. 
Tarixda ma’lum bo‘lgan narsalarni ixtiro qilish uchun bekorga vaqt sarflab, 
yangidan 
«g‘ildirak kashf etib»
yurmaydi. Buxgalterlik ilmining tarixini 
o‘rganuvchi uni takomillashtirishga harakat qilishi, fandagi haqqoniylik va 
xolislikni ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shishi hamda uning istiqbolini 
tasavvur eta olishi mumkin. Zero, 
«Moziyga qaytib ish ko‘rish xayrlik, 
deydilar»
16

Buxgalteriya hisobiga oid ilmiy va o‘quv adabiyotlarida hisob insoniyat 
tamadduni (sivilizatsiyasi) bilan birga taxminan 6000 yillar muqaddam 
vujudga kelganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Kishilik jamiyatining 
o‘sib boruvchi ehtiyojlari hisobning rivojlanishiga olib kelgan va bu o‘z 
navbatida sivilizatsiyaning, xususan uning yozuv va matematika kabi 
ajralmas qismlarining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan.
Buxgalterlik hisobining tarixi haqidagi hozirgi kunda mavjud 
manbalarda ta’kidlanishicha, bu fanning asoschilaridan biri italiyalik 
matematik professor Luka Pacholi hisoblanadi. Uning 1494-yili Venetsiyada 
nashr qilingan «Schotlar va yozuvlar haqidagi traktat» nomli kitobida hozirgi 
zamon buxgalterlik ilmining dastlabki kurtaklari bayon etilgan
17

15
Ў
збек тилининг изо
ҳ
ли лу
ғ
ати, 
«Ў
збекистон миллий энсиклопедияси
»
Давлат илмий нашриёти, Т.:2007, 681б.
16
Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar. Roman. / «Asr oshgan asarlar» turkumi / Tahrir hay’ati: Omonulla Yunusov va bosq. – 
T.: «Sharq», 2009. - 5 b. 
17
Соколов Я..В. История развития бухгалтерского учета. -М.: Финансы и статистика, 1985. -367 с. 


437 
Lekin buxgalterlik hisobining paydo bo‘lgan vaqtini aniq bir tarixiy 
sana bilan ko‘rsatish, bizning fikrimizcha, unchalik to‘g‘ri emas. Gap 
Benedikti Kotrulining kitobi yoki Luka Pacholining traktati oldin 
yozilganida emas. Shunday ekan, buxgalterlik tarixini o‘rganishda tashqi va 
ichki sabablardan kelib chiqadigan, ikkita parallel evolutsiyani nazarda 
tutishimiz lozim. Tashqi sabablar bizni o‘rab turgan dunyoning fanga 
bo‘lgan talabidan kelib chiqadi. Bugungi buxgalterlik hisobi hozirgi bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitida 
axborotdan 
foydalanuvchilarning 
talablarini 
qondirishi, korxonalarning raqobatbardoshligini va xususiy mulk egalarining 
manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashi lozim. 
Ichki sabablar esa ilm-fan rivojlanishining mantiqiyligidan kelib 
chiqadi. Unda yuqorida ta’kidlaganimizdek, buxgalterlikka oid u yoki bu 
manbalarning yozilgan vaqtidagi ketma-ketlik hamda ular orasidagi mantiqiy 
bog‘liqlik tushuniladi. 
Masalan, Raymond de Ruver o‘z asarida ikkiyoqlama buxgalteriya 
hisobining paydo bo‘lishi haqida shunday deb yozadi: «Bir narsa aniq: 
ikkiyoqlama buxgalteriya hisobi 1250 va 1350-yillar ichida Italiyada paydo 
bo‘lgan. 
Buning 
birinchi 
shubhasiz 
dalilini 
1340-yili 
Genuaz 
boshqaruvchisining hujjatlaridan topamiz, ammo uning yanada qadimiy 
ekanligi haqida ham ma’lumotlar bor»
18

Takidlash joizki, hisobning rivojlanishi barcha xalqlarda tarixiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, tabiiy va boshqa shart-sharoitlari bilan bog‘liq 
holda turlicha kechgan.
Darhaqiqat, o‘tmishda ajdodlarimiz ham hisob-kitob ilmiga alohida 
ahamiyat berishgan. Jumladan, «Temur tuzuklari»da hisob, moliya va 
nazorat ishlari mamlakatni boshqarishda muhim vosita bo‘lganligi haqida 
qimmatli ma’lumotlar mavjud. Masalan, «Raiyatdan mol-xiroj olish, 
mamlakatni tartibga keltirish va yuksaltirish, uning obodonchiligi, 
xavfsizligini amalga oshirish tuzuk»da saltanatni boshqarishda hisob va 
nazorat ishlari haqida shunday ma’lumotlar keltirilgan: 
«... yana har o‘lkaga uch vazir tayinlashlarini buyurdim. Bulardan biri 
raiyat uchun bo‘lib, undan yig‘iladigan oliq-soliqlarning undirilishini 
kuzatib, 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin