430
rasmiylashtirish, shuningdek, hujjatlarni va ishlab chiqarish hisobotlarini
tuzishgacha guruhlashtirish va yig‘ish ishlari yuritiladi. Bu yerda, odatda ish
haqi (mehnatga haq to‘lash) hisoblab yoziladi va to‘lov vedomostlari
tuziladi.
Bajarilgan
muomalalarni
hisobi
registrlarda
aks
ettirish
bo‘linmalardan beriladigan ishlab chiqarish hisobotlarini moddiy hisobotlar
va boshqa yig‘ma hujjatlar asosida xo‘jalikning markaziy buxgalteriyasida
amalga oshiriladi.
Hisob jarayonining bunday tashkiliy tuzilmasi fermer xo‘jaliklari
uchun xarakterli bo‘lgan. So‘nggi yillarda u agrofirmalarda ancha ko‘p
qo‘llanila
boshladi.
Biroq
yuqorida
ta’kidlanganidek,
hisobni
kompyuterlashtirish joriy etilishi bilan, shuningdek, ishlab chiqarishni
boshqarishning bo‘linma tuzilmasi joriy etilishi bilan hisob jarayonini tashkil
etishning markazlashtirilgan tamoyiliga asoslangan turi tobora ko‘p
qo‘llanilmoqda.
Hisob jarayonining hisob ishlarini to‘liq markazlashtirishga asoslangan
tashkiliy tuzilmasida markaziy buxgalteriyada xizmat vazifalarni taqsimlash
shunday tashkil etiladiki, bunda xodimlar ayrim muomalalar: hujjatlarni
qabul qilish, hujjatlarni ishlash, hujjatlar ma’lumotini hisob registrlariga
yozish va hokazolar bo‘yicha ixtisoslashadilar. Bunda har bir xodim bir
necha xil o‘zaro bog‘liq schotlar bo‘yicha ayrim operatsiyalarni bajarishi
mumkin. Masalan, ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar hisobi bo‘yicha bitta
xodim dastlabki hujjatlarni qabul qilishi va ular bilan ishlashi mumkin,
boshqasi - undagi ma’lumotlar bilan ishlashi va ishlab chiqarish hisobotlarini
tuzishi mumkin, uchinchisi - hisob registrlariga yozib borishi ishlab
chiqarishga qilingan xarajatlarni hisobga olish vedomosti va daftarlari hamda
tegishli jurnal-orderlarda aks ettira borishi mumkin. Boshqa variantda esa har
bir xodimga balans schoti bo‘yicha hisob ishlarining barcha kompleksi
biriktirib qo‘yiladi. Masalan, tegishli balans schoti bo‘yicha ishlab
chiqarishga qilingan xarajatlarni hisobga olish bo‘yicha bitta xodim
hujjatlarni qabul qiladi, ular bilan ishlaydi, dehqonchilik bo‘yicha qilingan
xarajatlarni hisobga olish bo‘yicha registrlarga tegishli yozuvlarni yozadi,
boshqa xodim chorvachilik bo‘yicha hisob ishlari kompleksini, uchinchisi
sanoat, yordamchi va boshqa ishlab chiqarishlar bo‘yicha hisob ishlarini
yuritadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan variantlarning har biri xo‘jalikdagi aniq sharoit va
hisob xodimlarining malakasiga qarab qo‘llanilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: