425
Buxgalteriya korxona va uning alohida bo‘linmalari faoliyati
to‘g‘risidagi axborotlarni korxona (bo‘linma) rahbariyatiga va korxona
boshqaruviga, menejerlarga va boshqa axborot foydalanuvchilarga
muntazam ravishda taqdim etadi.
16.5. Hujjatlar aylanishining mazmuni
Hujjatlar aylanishi – korxonada hujjatlarning
rasmiylashtirilgan yoki
olingan vaqtidan to ularning ijro qilinib, arxivga topshirilguniga qadar
harakatlanishini o‘z ichiga oladi (16.7- rasm).
16.7 rasm. Hujjatlar aylanishining asosiy bosqichlari.
«Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘g‘ri-sida»gi
Nizomning 51-bandiga muvofiq, hujjatlarning korxona buxgalteriyasida
harakatlanishi (korxonada rasmiylashtirilishi yoki boshqa korxonalardan
olinishi, ishlov berilishi, arxivga topshirilishi – hujjatlar aylanishi)
grafik
bilan tartibga solinadi.
Hujjatlar aylanish grafigi chizma yoki korxonaning har bir tarkibiy
bo‘linmasi tomonidan bajariladigan ishlar ro‘yxati hamda barcha ijrochilar
bilan ularning o‘zaro bog‘liqligi va ishlarning bajarilish muddatlari
ko‘rsatilgan holda tuziladi. Hujjatlar aylanishi grafigining to‘g‘ri tuzilishi va
unga rioya qilinishi hisob xodimlari o‘rtasida vazifalarni oqilona taqsimlash,
buxgalteriya hisobining nazorat funksiyasini kuchaytirishga yordam beradi
va hisobotlarning o‘z vaqtida tuzilishini ta’minlaydi.
Hujjatlar aylanishi bosqichlari
Hujjatlarni tuzish yoki boshqa korxonalardan olish
Buxgalteriya hujjatlarini
tekshirish, ijro qilish va hisobga qabul qilish
Hujjatlarga buxgalteriyada ishlov berish
Buxgalteriya hujjatlarini arxivga topshirish
426
Hujjatlar aylanishi grafigini tuzish ishlari bosh buxgalter tomonidan
tashkil etiladi. Hujjatlar aylanishi grafigi korxona rahbari tomonidan
tasdiqlanib, undan har bir xodimga uning faoliyat
sohasiga doir hujjatlar
ro‘yxati keltirilgan ko‘chirma beriladi.
Hujjatlar aylanish grafigi bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya
apparati xodimlari bilan birgalikda tuzilib, rahbar tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatlar aylanish grafigi tasdiqlanganidan so‘ng bosh buxgalter barcha
hisob xodimlarini va boshqa daxldor shaxslarni u bilan tanishtirishi lozim.
Reja grafik xo‘jalik operatsiyalarining sodir bo‘lishi va ularning tegishli
hujjatlarda aks ettirilishi hamda yig‘ma ma’lumotni markaziy buxgalteriyaga
taqdim etish oralig‘ida uzilish bo‘lmasligini ta’minlaydi, shuningdek, u
hujjatlashtirishning eng takomillashgan usul va vositalari – avtomatlashtirish
va
kompyuterlashtirishni
nazarda
tutadi.
Biznesni
boshqarishda
foydalaniladigan hisob ma’lumotlarini shakllantirishning
tezkorligini
ta’minlash hujjatlar aylanish grafigini aniq va puxta tuzishga bog‘liq.
Hujjatlar aylanish grafigi butun buxgalteriya xodimlari hamda xo‘jalik
operatsiyalarini hujjatlashtirishga aloqador boshqa xodimlar mehnatini
me’yorlash va tartibga solish vositasi ham hisoblanadi. Uni ishlab chiqish
uchun avvalo, korxonada dastlabki va yig‘ma hujjatlarni tuzish hamda o‘z
vaqtida taqdim etish bo‘yicha mas’ul shaxslar aniqlanadi.
Reja-grafikda
belgilangan
dastlabki
hujjatlarni
umumlashtirish
muddatlari tezkor tahlil o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan – umumlashgan
ma’lumotlarni zudlik bilan olishni, analitik va sintetik hisobni to‘g‘ri tashkil
etishni, shuningdek, statistik va moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim
etishni ham ta’minlashi lozim.
Har bir korxona uchun hujjatlar aylanish grafigi uning muayyan shart-
sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Bular,
ishlab chiqarish
hajmi, faoliyat turi, boshqaruv tuzilmasi va sh.k. Hujjatlar aylanishi grafigiga
har bir hujjat bo‘yicha quyidagilarni kiritish tavsiya etiladi: 1) hujjatni
yaratish: nusxalar soni; yozish uchun mas’ul; rasmiylashtirish uchun mas’ul;
bajarish uchun mas’ul; bajarish muddati; 2) hujjatni tekshirish: tekshirish
uchun mas’ul; kim taqdim etadi; taqdim etish tartibi;
taqdim etish muddati;
3) hujjatni ishlash: bajaruvchi; ijro etish muddati; 4) hujjatni arxivga
topshirish: bajaruvchi; topshirish muddati.
Dostları ilə paylaş: