420
foydalanishi yoki o‘zi mustaqil ishlab chiqqan hujjat shakllarini qo‘llashi
mumkin.
Dastlabki hujjatlar blankalariga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanganidan so‘ng
ularni sotib olishga yoki bosmaxonada chop etishga buyurtma beriladi.
Dastlabki hujjatlar blankalari bilan markazlashtirilgan holda ta’minlashda
ularni olish uchun yuqori tashkilot tomonidan buyurtma beriladi.
Dastlabki hujjatlarning namunaviy shakllari ham, korxonada ishlab
chiqilgan shakllari ham O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida»gi Qonunida ko‘zda tutilgan talablarga rioya qilgan holda
tuziladi.
Dastlabki hujjatlarni tashkil etishning asosi korxona rahbari tomonidan
tasdiqlangan hujjatlar aylanishi grafigi hisoblanadi.
Inventarizatsiya o‘tkazish rejasida rejadagi
va rejadan tashqari
inventarizatsiyalarni o‘tkazish tartibi, shakllari va muddatlari ko‘rsa-tiladi.
Inventarizatsiya rejasi aktivlar va majburiyatlarni tekshirish korxonaning
normal ishlashiga ta’sir ko‘rsatmaydigan qilib tuzilishi lozim. Rejadan
tashqari inventarizatsiya o‘tkazish muddatlari moddiy javobgar shaxslarga
bildirilmasligi lozim.
Hisobot taqdim etish rejasida quyidagilar ko‘rsatiladi: hisobot shakllari,
u yoki bu hisobot tuzilishi lozim bo‘lgan hisobot davri, hisobotlarni
topshirish
muddatlari, korxona, tashkilot va muassasa nomi va manzili
hamda hisobotni qabul qiluvchi mansabdor shaxs familiyasi va ismi-sharifi,
hisobotlarni taqdim etish usuli (elektron, pochta va b.) va hisobotlarni tuzish
uchun mas’ul shaxslarning familiyasi va ismi-sharifi, ular bajaradigan ishlar
aniq ko‘rsatilgan holda. Hisobot taqdim etish rejasi qoidaga ko‘ra, ikki
qismdan iborat. Birinchi qismda tashqi foydalanuvchilarga taqdim etiladigan,
ikkinchi qismda korxonaning alohida bo‘linmalaridan olinadigan hisobotlar
bo‘yicha zarur ma’lumotlar keltiriladi.
Buxgalteriya hisobini texnik rasmiylashtirish rejasida mazkur
korxonada qo‘llaniladigan hisob shaklining batafsil tavsifi keltirilib,
korxonada qanday elektron hisoblash mashinalari,
qurilmalar va boshqa
texnik vositalardan foydalanilishi ko‘rsatiladi. Buxgalteriya hisobining
shaklini tanlashda mazkur masalaga oid yo‘riqnomalar va ko‘rsatma-lardan
foydalanish, korxona faoliyatining muayyan shart-sharoitlarini hisobga olish,
buxgalteriya hisobi amaldagi shakllarining afzalliklari va kamchiliklarini
o‘rganish tavsiya etiladi.
Buxgalteriya hisobini texnik jihozlash rejasida hisobni kompyu-
terlashtirish masalasiga alohida o‘rin ajratish lozim. Elektron hisoblash
mashinalaridan foydalanish bilan birga, turli hisoblash jadvallari va mexanik
421
o‘lchagich vositalari (o‘lchagich idish, tarozi va h.k.)dan ham foydalanish
zarur.
Buxgalteriya
xodimlarining
mehnatini
tashkil
etish
rejasida
buxgalteriya apparatining tuzilishi va shtat jadvali aniqlanib, har bir xodimga
lavozim yo‘riqnomasi ishlab chiqiladi, ularning malakasini oshirish bo‘yicha
tadbirlar belgilanadi, hisob ishlarining grafiklari tuziladi.
Buxgalteriya apparatining tuzilmasini va uning alohida bo‘linmalar
bilan
aloqa
qilish
shakllarini
aniqlashda
buxgalteriya
hisobini
markazlashtirilgan yoki markazlashtirilmagan
shaklda tashkil etish
to‘g‘risidagi masalani hal etish zarur.
Markazlashtirilgan buxgalteriya hisobida korxonaning hisob apparati
markaziy buxgalteriyada jamlanadi va unda alohida bo‘linmalar (bo‘lim,
omborxona va h.k.)dan kelib tushuvchi dastlabki va yig‘ma hujjatlarga
asosan sintetik va analitik hisob bitta joyda amalga oshiriladi. Korxona
bo‘linmalarida esa faqat xo‘jalik operatsiyalari dastlabki hujjatlar bilan
rasmiylashtiriladi.
Markazlashtirilmagan
buxgalteriya
hisobida
hisob
apparati
korxonaning alohida bo‘linmalariga tarqatilib, u
yerda sintetik va analitik
hisob amalga oshiriladi hamda bo‘linma, bo‘lim va boshqa tarkibiy
bo‘linmalarning balans va hisobotlari tuziladi. Bu holda markaziy
buxgalteriya tarkibiy bo‘linmalarning balans va hisobotlarini umumlashtirib,
butun korxona bo‘yicha yig‘ma balans va hisobotlarni tuzadi hamda tarkibiy
bo‘linmalarda buxgalteriya hisobi va hisobotning yuritilishi ustidan nazoratni
amalga oshiradi.
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, buxgalteriya hisobini markazlashtirish
bosh buxgalter tomonidan rahbarlik va nazorat qilishning ta’sirchanligini
ta’minlaydi, hisob xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini maqsadga muvofiq
amalga oshirish va EHMdan samarali foydalanishga imkon beradi. Shuning
uchun, buxgalteriya hisobini faqat yirik korxonalarda markazlashtirilmagan
holda tashkil etish maqsadga muvofiq.
Aksariyat korxonalarda markazlashtirilgan buxgalteriya hisobi tizimi
qo‘llaniladi. Ayrim korxonalarda muayyan shart-sharoitlardan kelib chiqqan
holda qisman markazlashtirilmagan buxgalteriya hisobi tashkil etilib,
tarkibiy bo‘linmalarda dastlabki hujjatlarni tuzishdan tashqari ayrim sintetik
schotlar bo‘yicha analitik hisob yuritiladi, xarajatlar hisobi amalga oshiriladi,
mahsulot (ish, xizmat)larning haqiqiy tannarxi hisoblanadi va h.k. Lekin,
tarkibiy bo‘linmalarda yakuniy buxgalteriya hisobi yuritilmaydi.
Balans
hamda boshqa hisobot shakllari tuzilmaydi.
422
Buxgalteriya xodimlarining mehnatini tashkil etishda, hisob ishlarining
grafigini tuzish muhim bosqich hisoblanadi.
Hisob ishlari grafiklarining asosiy maqsadi xodimlar o‘rtasida
vazifalarni taqsimlash, ishlarning bajarilish muddatlarini aniqlash bo‘lib,
hisob xodimlarining mehnatini ilmiy tashkil etish bo‘yicha tadbirlar
belgilanmoqda. Bunday grafiklar individual, tuzilmaviy va yig‘ma bo‘lishi
mumkin.
Individual grafiklar (kalendar rejalar)da har bir hisob xodimi
tomonidan qanday ishlar va ular qaysi muddatlarda bajarilishi ko‘rsatiladi.
Grafikda xodimning ish kuni davomida va undan uzoqroq davrlarda (hafta,
oy, chorak va h.k.) band bo‘lishi ta’minlanadi.
Tuzilmaviy grafiklarda buxgalteriyaning yoki korxonaning alohida
tarkibiy bo‘linmalari (hisob-kitob bo‘limi moddiy bo‘lim,
omborxona va
h.k.) tomonidan qanday ishlar va qaysi muddatlarda bajarilishi lozimligi
ko‘rsatiladi.
Yig‘ma grafikda butun korxona bo‘yicha alohida hisob ishlarini
bajarish (inventarizatsiya o‘tkazish, moliyaviy, statistik va boshqa
hisobotlarni tuzish va sh.k.) muddatlari ko‘rsatiladi. Unda korxona bo‘yicha
butun hisob-jarayoni umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Uning bajarilishi
uchun korxona bosh buxgalteri mas’ul hisoblanadi. Hisob ishlarining grafigi
jadvallar ko‘rinishida tuzilib, ularda rejalashtirilgan ishlarning bajarilish
muddatlari to‘g‘risida belgi qo‘yish ko‘zda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: