R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə279/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

hisoboti
ni olib borsin. Oliq-soliq miqdori, soliq to‘lovchilarning 
nomlarini yozib borsin va raiyatdan yig‘ilgan mablag‘ni saqlasin. Ikkinchi 
vazir sipoh ishlarini boshqarsin. Sipohga berilgan va berilishi lozim bo‘lgan 
mablag‘ 
hisobini
olib borsin. Uchinchi vazir esa daraksiz yo‘qolgan 
kishilar, kelib-ketib yuruvchilar (sayohatchilar va savdogarlar), har xil yo‘l 
bilan yig‘ilib qolgan hosil, aqldan ozganlar-ning mol-mulki, vorissiz mol-
18
Р.де Рувер. Как возникла двойная бухгалтерия. М. Госфиниздат, 1958. Стр. 35. 


438 
mulkni, qozilar va shayxulislomlarning hukmi bilan 
olingan jarima-larni 
tartibga keltirsin
»
19

Shuningdek, 
«Temur tuzuklari»
da «
Salta-
natning har bir idorasida bo‘ladigan kirim-chiqim-
larni, kundalik xarajatlarni yozib borish uchun bir 
kotib tayinlansin»
20
deyilgan.
Demak, bizning mamlakatimiz tarixida ham 
hisob, hisobot va nazorat ishlari taraqqiy etgan 
deyishimizga to‘la asos mavjud. 
Buxgalterlik hisobi ilmiga oid tadqiqotlarda 
ta’kidlanishicha, uning hozirgi zamon tushun-
chasidagi nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi sanoat, savdo va pul-tovar 
munosabatlarining rivojlanishiga bog‘liq, shu munosabat bilan turli 
mamlakatlarda buxgalterlik ilmining o‘ziga xos maktablari vujudga kelgan.
Buxgalterlik ilmining quyidagi maktablari shakllanganligi ilmiy 
asoslangan
21
:
1.
Italiya maktabi. 3. Germaniya maktabi. 
2.
Fransiya maktabi. 4. Anglo-amerika maktabi. 
5. Rossiya maktabi. 
17.2.
 
Italiya maktabining asoschilari 
 
XV – XVII asrlarda Italiya maktabi ustuvorlik qilgan. Ularning yorqin 
namoyondalaridan biri fransiskanlik monax, matematika professori Luka 
Pacholi.
L.Pacholining traktatida savdo operatsiyalarini hisobga olish uchun 
ikkiyoqlama yozuv usuli va buxgalteriya balansini qo‘llash bayon qilingan.
L.Pacholi o‘zining asarida hisobning maqsadini shakllantirib, ularning 
asosiylari deb quyidagilarni hisoblagan: faoliyatning ahvoli to‘g‘risida 
axborotlarga ega bo‘lish va amalga oshirilgan bitimlarning moliyaviy 
natijalarini aniqlash.
L.Pacholining «Schotlar va yozuvlari to‘g‘risidagi traktati» o‘sha 
davrda buxgalteriya hisobi haqidagi mavjud barcha bilimlarni o‘z ichiga 
olgan va ushbu bilimlar boshqa mamlakatlarga tarqala boshlagan hamda 
nazariy fikrlarning yanada rivojlanishiga yordam bergan.
19
Темур тузуклари. Таҳрир ҳайъати: Б.Абдуҳалимов ва бошқ. Форсча матндан А.Соғуний ва Х.Караматов тарж. –
Тошкент: Ўзбекистон, 2011. –Б.146. 
20
Шу манба, -Б. 125. 
21
Ushbu bobda Y.V. Sokolovning «Основы теории бухгалтерского учета». (-М.»Финансы и статистика» - 2000.-496 
с.) kitobining ayrim ma’lumotlaridan foydalanildi. 


439 
L.Pacholi tomonidan bayon qilingan ikkiyoqlama yozuv bo‘yicha hisob 
tizimi barcha mamlakatlarda hozirgi vaqtgacha amal qilmoqda. Uning 
g‘oyasi «berish» va «ega bo‘lish» tamoyiliga nisbatan bosh daftar «Kassa» 
va «Kapital» tamoyili bo‘yicha tuzilishidan iborat. Boshqacha aytganda, bitta 
xo‘jalik operatsiyasi (bitta summaning o‘zi) bir vaqtning o‘zida ikkita 
schotda aks ettiriladi. Bir tomondan xo‘jalik mablag‘lari qayerga 
yo‘naltirilganligi (ishlatilganligi), ikkinchi tomondan – ushbu mablag‘lar 
qayerdan olinganligi (kimniki ekanligi) ko‘rsatiladi. Bu buxgalteriya 
hisobining xo‘jalik operatsiyalarini ikkiyoqlama yozuv usuli bo‘yicha aks 
ettirish tizimining asosini tashkil etadi.
Italiyada buxgalteriya schotlarining turkumlanishi boshqa olimlar 
tomonidan ham amalga oshirilgan. Jumladan, L.Feori schotlarni to‘rtta 
guruhga bo‘lishni taklif etgan: kapital schotlari, nominal (operatsion) 
schotlar, savdo (material) schotlari va hisob-kitob schotlari.
P.Skali schotlarni uch guruhga bo‘lishni asoslagan: xususiy (kapital, 
foyda va zararlar) schotlari, mulk schotlari va korrespondentlar (debitorlar va 
kreditorlar) schotlari.

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin