R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə306/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

19.2. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish 
sharoitida korxonalar buxgalteriya hisobini takomillashtirishning muhim 
yo‘nalishlaridan biri uni hisob va hisobotning xalqaro standartlariga 
moslashtirishdir. Bu O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga investitsi-
yalarni jalb qilish, qo‘shma korxonalarni rivojlantirish, iqtisodiyotda, 
xususan, agrar sektorda islohotlarni chuqurlashtirish, hisob va 
nazoratning sifatini hamda samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. 
Shuningdek, korxonalarga o‘zlarining xususiyatlarini, ishlab chiqarishni 
tashkil etishdagi texnologiyalar va texnikalar mehnat va boshqaruvdagi 
xususiyatlarini aks ettiradigan mukammal hisob tizimini shakllantirishga 
ma’lum mustaqillik beradi. Shu boisdan, buxgalteriya hisobining 
xalqaro standartlarini chuqur o‘rganishga va milliy hisob hamda hisobot 
tizimini xalqaro standartlarga o‘tkazishga alohida e’tibor qaratish zarur. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlari aslida milliy hisoblar tizimining negizida shakllangan. Hisob 
tizimi va hisobotlarga bo‘lgan talablar xilma-xil bo‘lgan mamlakatlarda 
transmilliy kapitalining faoliyat ko‘rsata boshlashi natijasida xalqaro 
hisob standartlarini yaratish muammosi yuzaga keldi. Natijada, ushbu 
mamlakatlar tomonidan e’lon qilinadigan axborotlar, ular vujudga 
kelgan va borib joylashadigan mamlakatlardagi talablarga mos kelish-
kelmaslik muammolari ham paydo bo‘ladi. 
Bir qancha mamlakatlarning professional buxgalterlari moliyaviy 
hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha komitet tashkil qildilar 
(MHXSK). U buxgalteriya hisobining xalqaro tizimidagi muammolarini 


487 
hal qilish bilan shug‘ullanuvchi mustaqil organ bo‘lib, tashkiliy 
tuzilmasi quyidagicha (19.1-rasm). 

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin