19.1-rasm. MHXSKning tuzilishi
.
Komitetning ta’sis hujjatlarida uni tashkil etish maqsadlari bayon
qilingan. Ular asosan quyidagilar:
moliyaviy hisobotlarni tuzishga doir eng muhim buxgalteriya
standartlarini ishlab chiqish va e’lon qilish;
xalqaro standartlarning dunyodagi buxgalteriya amaliyotida
keng tarqalishiga xizmat qilish;
buxgalteriya hisobi va hisoboti sohasidagi milliy qonunchilikni
takomillashtirish va uyg‘unlashtirish bo‘yicha har tomonlama yordam
berish.
Buxgalterlarning xalqaro federatsiyasi (BXF) XBSK ishida
yordam beradi, komitet xalqaro buxgalteriya hisobi standartlarini
belgilash hamda bu masalalar bo‘yicha boshqa tashkilotlar: milliy fond
birjalari, Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari buxgalterlarining
Konfederatsiyasi, buxgalterlarning Yevropa Ittifoqi, Amerika davlatlari
buxgalteriya hisobi assotsiatsiyasi kabi professional buxgalterlarning
mintaqaviy tashkilotlari bilan muzokaralar olib borish va hamkorlik
qilishga vakolatli deb tan olingan.
BXF buxgalterlar faoliyatining axloqiy, ta’lim va auditorlik
yo‘nalishlari bo‘yicha ish olib boradi. Federatsiya tarkibida kasb axloqi,
rejalashtirish, mintaqaviy tashkilotlar, jumladan 5 yilda bir marta xal-
qaro kongress o‘tkazadigan komitet kabi doimiy faoliyat ko‘rsatadigan
komitetlari mavjud.
Buxgalteriya hisobini standartlashtirish muammolari bilan BMT
ham shug‘ullanadi. BMT qoshida hisob va hisobotning xalqaro
Разъяснения Международных Стандартов Финансовой Отчетности. Учебно-спровочное пособие,
«КIТАП», Алматы – 2001. С.25
Vasiylar
(har xil mintaqalar va
kasbdagi 19 kishi)
Standartlar bo‘yicha
maslahat kengashi
Boshqaruv
(kengash)
(14 kishi)
Interpretatsiya bo‘yicha
doimiy komitet
488
standartlari bo‘yicha hukumatlararo ekspertlar ishchi guruhi tashkil
etilgan. Bu guruhning maqsadi quyidagilardan iborat:
transmilliy kapital hisobi va hisobotini o‘rganish;
buxgalteriya hisobining milliy va mintaqaviy standartlarini
ishlab chiqish va qo‘llashga ko‘maklashish;
moliyaviy axborotlarni ochish
sohasida rivojlanayotgan
mamlakatlar manfaatlarini himoya qilish.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari komiteti (MHXSK)
buxgalteriya hisobi bo‘yicha standartlarni chiqaradigan, yagona rasmiy
tan olingan xalqaro tashkilot hisoblanadi. Hozirgacha buxgalteriya
hisobining muammolarini qamrab oluvchi quyidagi 37 ta moliyaviy
hisobot xalqaro standartlari nashr qilingan (19.2-jadval).
Har bir standart uni ishlab chiqishda asos bo‘luvchi maqsad va
konsepsiyalar mazkur standartga kiruvchi masalalar ro‘yxati; ishlati-
ladigan atamalarning ta’rifi; ushbu standartni qo‘llash mezonlari;
hisobga olish metodlari va o‘lchash asboblari; axborotlarni ochish
usullari va tushuntirish izohlarini o‘z ichiga oladi.
Xalqaro buxgalteriya standartlari tavsiya tavsifiga ega bo‘lib,
ularni qo‘llash alohida davlat organlariga bog‘liq.
Ayrim mamlakatlar Malayziya, Singapur, Zimbabve xalqaro
standartlardan bevosita milliy standartlar sifatida foydalansalar,
boshqalari (Misr, Hindiston, Keniya) ularga asosan o‘zlarining milliy
standartlarini ishlab chiqadilar. AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya va
Avstraliyada milliy hisob tizimlari shu tarzda rivojlanganki, ularning
milliy hisob standartlari xalqaro standartlarga mos keladi.
Xalqaro standartlarda, qoidaga ko‘ra, faqat ayrim vaziyatlargina
qat’iy chegaralab qo‘yilgan. Masalan, №7- «Moliyaviy instrumentlar –
yoritish» nomli MHXS(IFRS)da e’lon qilinadigan moliyaviy hiso-
botlarga kiritilishi lozim bo‘lgan axborotlarning majburiy minumi
belgilangan. Ammo ushbu hisobotlarning aniq shakllari taklif qilin-
magan. Bu masala korxonalar yoki milliy hisob organlarining ixtiyoriga
havola qilinadi.
Bunday uslub moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini turli xil
sharoitlarda joriy qilish imkoniyatini oshirishi va xalqaro standartlarni
hisobga olgan holda buxgalteriya hisobining milliy standartlarini ishlab
chiqishni osonlashtiradi.
|